"Yuventus" Pyanichni 50 mln. evroga sotmadi
06 iyu 2018 13:57
Yangiliklar
"Yuventus" Pyanichni 50 mln. evroga sotmadi
"Manchester Siti" "Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich uchun kurashga qo'shildi.
Malumotlarga ko'ra, "shaharliklar" "keksa sinora"ga bosniyalik xavbek borasida 50 mln. evrolik taklif yuborishdi, biroq "Yuventus" uni rad etdi. Turinliklar rahbariyati Pyanich bilan katta mablag' evaziga xayrlashmoqchi. Klub futbolchi o'rniga "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni olib kelmoqchi.
Oldinroq, Pyanichga "Real" va "Barselona" davogar ekanligi xabar qilingan edi.
So'nggi mavsum 28 yoshli yarim himoyachi A Seriyaning 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.
Fikrlar