Miralem Pyanich: "Rossiya chempionatida yosh va jismonan kuchli futbolchilar anchagina"
03 okt 2024 20:05
Yangiliklar
Miralem Pyanich: "Rossiya chempionatida yosh va jismonan kuchli futbolchilar anchagina"
CSKA klubining yangi azosi yangi chempionat haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozir menda moslashish jarayoni ketmoqda, yangi jamoadoshlarim o'rganyapman. Jismonan o'zimni yaxshi his qilyapman. Bu erdaligimdan baxtliman.
Rossiya chempionatida yosh va jismonan kuchli futbolchilar anchagina, ancha murakkab liga. Jamoaga foydam tegishi uchun bor kuchimni ishga solaman", - deya Pyanich so'zlaridan iqtibos keltiradi "Match TV".
Eslatib o'tamiz, kuni-kecha Miralem CSKA safida debyut qildi. Futbolchi Rossiya Kubogi doirasida "Pari NN"ga qarshi g'alabaga (2:0) o'z hissasini qo'shdi.
Moskva klubi bosniyalikni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oldi. Bungacha Miralem BAAda "SHarja" sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar
23:52
Abbos Fayzullaev va CSKAning boshqa futbolchilari 158 nafar bolakaylarga qarshi maydonga tushishdi 2
Fikrlar