Pyanich Kumanni keskin tanqid qildi
08 okt 2022 13:16
Yangiliklar
Pyanich Kumanni keskin tanqid qildi
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich Kataloniya klubi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kumanni tanqid ostiga oldi.
"Kuman qo'l ostidagi mashg'ulotlar meni juda hayratda qoldirgandi. Biz shiddatsiz shug'ullandik, u bizga taktikani tushuntirmadi, o'zining birorta g'oyasini keltirmadi. O'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmasdik. Xavi kelishi bilan hammasi o'zgardi. Mashg'ulotlar ijobiy tomonga o'zgardi", – dedi Pyanich.
Pyanich 2020 yildan 2022 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan. Klub safida 30 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurgan. 32 yoshli xavbek 2022 yil sentyabr oyida tekinga BAAning "SHarja" klubiga o'tdi.
Fikrlar