Yuriy Lukin: "Qizilqum"ni oliy ligada olib qolganimizdan xursandman"
08 noy 2013 22:26
Yangiliklar


Yuriy Lukin: "Qizilqum"ni oliy ligada olib qolganimizdan xursandman"
"Guliston" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Yuriy Lukin ishtirok etdi.
"Juda muhim o'yin edi, shogirdlarim bu o'yinga juda jiddiy tarzda tayyorlanishgandi. Bahs boshida ustunlik bizda edi, ammo oxirida ancha qiyin bo'ldi. Bugun asosiy maqsad chiroyli o'yin ko'rsatish emas, natijaga erishish o'ta muhim edi. Viloyat, shahar va muxlislar uchun oliy ligada qolish birinchi o'rinda edi. "Guliston" birinchi davrani ajoyib o'tkazgandi, ikkinchi davrada esa moliyaviy muammolar tufayli pastga sho'ng'idi. Bizni klubda pul yo'q degan xabarlar noto'g'ri edi, men bunday demaganman. Agar jamoada pul bo'lmaganida bu erga kelmagan bo'lardim", - deydi Yuriy Lukin.

Fikrlar