Yurgen Klopp qishda germaniyalik o'yinchini jamoaga olib kelmoqchi
30 okt 2019 15:17
Yangiliklar


Yurgen Klopp qishda germaniyalik o'yinchini jamoaga olib kelmoqchi
"RB Leypcig" forvardi Timo Verner qishki transferlar oynasida "Liverpul" futbolchisiga aylanishi mumkin.
23 yoshli germaniyalik o'yinchining xizmatlariga shaxsan Yurgen Kloppning o'zi qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, Vernerning o'ziga ham "Liverpul" varianti ko'proq yoqmoqda.
Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan. Qayd etish kerakki, Vernerning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda o'z yakuniga etadi.
Verner faoliyatini "SHtutgart"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Leypcig"ga 2016 yilda o'tgan edi. Hujumchi 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar