"Liverpul" Ekitike transferi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi
11 iyu 19:51
Yangiliklar


"Liverpul" Ekitike transferi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Ugo Ekitike faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "GiveMeSport" xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, mersisaydliklar 23 yoshli franciyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Shu bilan birga, klub muzokaralarni osonlashtirish uchun hujumchi Darvin Nunesni sotib yubormoqchi.
Ekitike o'tgan mavsum 48 o'yinda 22 ta gol va 12 ta golli pasga muallif bo'ldi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 75 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar