So’nggi yangiliklar

10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  1 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  0 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  20 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  4 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  8 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  45 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  15

“Yozyovon-Lochinlari” ikkinchi davraga qay tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda? Yangiliklar

“Yozyovon-Lochinlari” ikkinchi davraga qay tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda?

Birinchi liga qatnashchisi “Yozyovon-Lochinlari” ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning malum qilishicha, yozyovonliklar kuni-kecha Namanganda qisqa muddatli yig'in o'tkazib qaytgan. Tog'li hududda kechgan ushbu yig'inda jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilib, shu bilan birga ikkita nazorat uchrashuvini ham o'tkazib qaytgan. Avvaliga “Navbahor” yoshlariga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, so'ngra Haqqulobodning “Norin” jamoasini 2:0 hisobida taslim etgan.

Tarkibda ham etiborga molik o'zgarishlar yuz bermoqda. Bungacha jamoa sharafini himoya qilib kelgan Jahongir Yusufjonov, Habibullo Buvatoev, G'iyos Tursunov, Islom Hoshimov, Davlatbek Yorbekov hamda Vladlen Norov endigi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo'ldi.

Tarkibga yangi kelib qo'shilganlar esa “Cementchi”dan Dilshod Eminov va Alisher Fayzullaev. “Olmaliq” (yoshlar)dan Abdulaziz Jo'raboev, “Neftchi” (yoshlar)dan Doston Rashidov va ikkinchi liga ishtirokchisi “Roshidon”dan Rustam Abduhamidovdir.

Ertadan jamoa azolari yana Yozyovonda mashg'ulotlarga kirishishadi. 2 avgust kuni esa futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tadi. So'ngra rasmiy bahslar oldidan so'nggi nazorat uchrashuvi tashkil etish ko'zda tutilgan. SHu tariqa “Yozyovon-Lochinlari” ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'radi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика