So’nggi yangiliklar

12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  0 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  7 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  12 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  2 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21 07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  2 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  24 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Neftchi” 1:1 (sharh) Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “Neftchi” 1:1 (sharh)

2016 yilgi O'zbekiston chempionatining yoshlar birinchiligi start oldi.


Dastlabki turda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yoshlari Farg'onaning “Neftchi” o'rinbosarlarini qabul qilishdi.
Musobaqaning amaldagi chempioni bo'lmish “qaldirg'ochlar”ning bu yilgi tarkibi to'liq almashdi va 16-18 yoshli futbolchilardan yangi jamoa tuzildi. O'tgan mavsum jamoani kichik oltin medallarga etaklaganlarning bazilari asosiy jamoamizga o'tkazildi. Aksariyat qismi esa oliy liganing boshqa jamoalariga ijaraga berildi. Yangi tuzilgan yoshlar jamoasini esa futbol maktabimizning umidli o'smirlari to'ldirishdi.

Vakillarimiz farg'onaliklarga qarshi bahsni hujumkor ruhda boshlashdi. Biroq kutilmaganda 10-daqiqada qarshi hujumda gol o'tkazib yuborildi. “Neftchi” yoshlari hujumchisi Xurshidbek Asqaraliev indvidual mahorati evaziga himoyachilarimizni chalg'itib, darvozaning olis to'qqizligini aniq ishg'ol qildi – 0:1. Birinchi bo'lim oxirlarida bunyodkorchilar maydonda 10 kishi bo'lib qolishdi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Dmitriy Pislegin hujumchimiz Vyacheslav Purakni maydondan chetlatdi.

Tanaffusdan keyin ham garchi raqiblariga qaraganda maydonda bir kishi kam harakat qilgan tarbiyalanuvchilarimiz hujumkorlikni sira ham susaytirishmadi. “Neftchi” futbolchilari esa hisobni ushlab qolish uchun har qanday chorani ko'rishdi. Atayin vaqt cho'zishlar ochig'i juda ham ko'payib ketdi. Har ikkala jamoa murabbiylari zaxiradan deyarli barcha futbolchilarni maydonga tushirishdi. Natijada uchrashuvning ikkinchi bo'limiga olti daqiqa vaqt qo'shib berildi. Eng qizig'i, qo'shib berilgan daqiqalardan yarmidan ko'pi ham “Neftchi” yoshlarining maydonda cho'zilib yotib olishlari bilan o'tdi. Bosh hakam qo'shim berilgan daqiqalarga ham yana qo'shimcha qildi. Bor etiborini hujumga qaratib, mag'lubiyatdan qutilib qolishga uringan bunyodkorchilar baribir o'z maqsadlariga etdilar.Davron Umirov 90+9-daqiqada “Neftchi” darvozasini ishg'ol qilib, yakuniy natija 1:1 bo'lishini taminladi.


Yoshlar ligasi-2016, 1-tur

“BUNYODKOR” – “NEFTCHI” 1:1 (0:1)
Gollar: Xurshidbek Asqaraliev 10 (0:1), Davron Umirov 90+9 (1:1)
Oogohlantirishlar: Akbar To'raev 41, Suhrob Izzatov 68, Tursun Raximberdiev 89, SHohzod Abdurahimov 90+4 – Xurshidbek Asqaraliev 63, Sergey Smorodin 66, Islomjon Toshpo'latov 71, Abduqodir Ortiqov 90+8
CHetlatishlar: Vyachechlav Purak 41 – Otabek Muhammadjonov 90+9
“Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev (S), 5.Tursun Raximberdiev, 7.Abdulloh Islomov, 10.Mirjahon Mirahmadov, 11.Faruh Ikromov, 15.Otabek Bekboev, 17.Azamat Roziqov, 18.SHohzod Abdurahimov, 33.Vyacheslav Purak, 40.Burxon Usmonov, 77.Elbek Ravshanov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 6.Davron Umirov, 16.Azamat Jumaboev, 27.Javohir Musajonov, 44.Abbosbek Jumaqulov, 48.Suhrob Izzatov
“Neftchi”: 1.Sergey Smorodin, 2.Sardor Kulmatov (S), 3.Azamjon Xolmatov, 4.Abrorbek Ismoilov, 6.Abduqodir Ortiqov, 8.Islomjon Toshpo'latov, 9.Damir Nizanov, 10.Xurshidbek Asqaraliev, 11.Ibroxim No'monov, 15.Xusniddin G'ofurov, 20.Otabek Muhammadjonov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 5.Xusanboy G'aniev, 7.Sarvarjon Abdullaev, 21.Mirjamol Nematov, 25.Anvarjon Olimjonov, 28.Elamon Karimov, 32.Tavakkal Tolipov
Hakamlar: D.Pislegin – 7,6; B.SHavkatov – 8,1; A.Abdullaev – 7,7; D.Akmalov – 7,0
Uchrashuv nazoratchisi: Dmitriy Popov (Toshkent)
4 mart. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 92 tomoshabin

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика