So’nggi yangiliklar

18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   0 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  3 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  27 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  4 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  6 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7

Yangi davra. A Seriya 20-tur yakunlari Yangiliklar

Yangi davra. A Seriya 20-tur yakunlari

20-31 yanvar kunlari Italiya chempionatining navbatdagi turi bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Sampdoriya"ni engdi

Italiya Kubogidagi muvaffaqiyat to'lqinidagi "Yuventus" chempionatda ham o'z o'rniga qaytish payiga tushdi. Lekin navbatdagi raqib "Sampdoriya" anchagacha munosib qarshilik ko'rsatdi va buning oqibatida darvozalar oldida vaziyatlar ham deyarli bo'lmadi. Biroq birinchi xavfli vaziyatoq gol bilan yakunlandi. Ronaldu to'pni qanotga Morataga etkazdi, u birgina urinishda jarima maydoniga yo'naltirdi, Keza ham birinchi urinishda darvozani ishg'ol qildi. Ronaldu doimgidek ancha faol edi. Uning birinchi zarbasidan keyin to'p darvozadan yuqoriroq o'tib ketgan bo'lsa, ikkinchi urinishda portugaliyalik posbonni ham aldab o'tdi, leikn yana mo'ljalda adashdi.

"Sampdoriya" tanaffusdan keyin biroz jonlangandek bo'ldi. Lekin bu hujumlar turinliklarga ortiqcha muammo keltirib chiqarmasdi. Pirlo shogirdlari bazi vaziyatlarda kuchlarini tejab o'ynayotgandek ham tasavvur uyg'otdi. Oxirgi daqiqalarda esa "Sampdoriya" oldinga otilganda, yana gol urishga erishishdi. Kuadrado tezligi evaziga qarshi hujumga qochib ketdi va to'pni qizg'anmadi, Remsi esa bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi. "Yuventus"ning xotirjam g'alabasi. SHuningdek, jamoa to'rtinchi uchrashuvda ham gol qo'yib yubormaganini takidlash lozim. CHamamda, Pirlo mexanizmga kerakli ishlov bera olgandek, ammo "keksa sinora" uchun barchasi oldinda. Ayniqsa bugun bo'lib o'tadigan o'yin birinchi jiddiy sinov bo'ladi. 


"Inter" "Benevento"ni yirik hisobda taslim etdi

"Inter" Italiya Kubogidagi og'ir o'yindan keyin chempionat doirasida o'zidan barcha jihatlarda kuchsizroq bo'lgan raqibga qarshi duch kelib omadi chopdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Hisob 7-daqiqadayoq ochildi. Kristian Eriksen jarima zarbasini shu qadar ajoyib ijro etdiki, Improta to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yuborganini bilmay qoldi. "Inter" oradagi farqni tanaffusgacha oshirishi mumkin edi, tarkibda ayniqsa Lautaro mashhur edi. Biroq zarbalarga aniqlik etishmasdi. "Benevento"ning esa maydonda borligi ham sezilmasdi.

Ikkinchi bo'lim boshida Eriksenning o'zida gol urish uchun imkoniyat bo'ldi, lekin to'p uning zarbasidan keyin himoyachiga tegib, darvoza to'siniga tegdi. SHunday bo'lsa-da, "Inter"ga gol kerak edi va u amalga oshirildi. Galyardinining uzatmasidan keyin Lautaro qulay vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvoza burchagiga joylab qo'ydi. Oradan 10 daqiqa o'tib, darvozabon to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va u Lautaroga tegdi, argentinalik  chaqqonlik bilan Lukakuni to'p bilan taminladi va Romelu ishini alo darajada bajarib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Ammo hali bu ham hammasi emasdi. Aleksis Sanches zaxiradan maydonga tushdi va Lukakuga ajoyib tarzda to'pni etkazdi, belgiyalik futbolchi esa aniq zarbasi bilan 14-golini rasmiylashtirdi hamda to'purarlar poygasida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. "Benevento" esa butun o'yin davomida gol uyoqda tursin, "Inter" darvozasiga aniq zarba berolmadi.


"Milan" "Bolonya"dan ustun

"Rossoneri"ning tarkib bilan bog'liq muammolari hamon dolzarbligicha qolmoqda. Pioli tarkibdagi barcha futbolchilarning ham xizmatlaridan foydalana olmaydi, qo'shimchasiga "Inter" bilan og'ir uchrashuv o'tdi. SHunday bo'lsa-da, aynan milanliklar o'yindagi 1-xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Ernandesning jarimadan bergan zarbasini to'sin o'ziga qabul qildi. Ko'p o'tmay jarima maydoni ichida Leao yiqitildi va hakam ikkilanmay nuqta tomon ishora qildi. Zlatan zarbasi qovushmagan bo'lsa-da, Rebich takroriy urinishda to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bir necha daqiqa o'tib, Sansone hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Donnarumma yaqin masofadagi to'qnashuvda ustun keldi. "Milan" ham imkon tug'ilishi bilanoq hujumga o'tib turdi, Kalabriya Zlatandan to'pni qabul qilib, uzoq burchakni nishonga oldi, lekin Skorupski ishonchli harakat qildi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasi ortda qolgan bir pallada Sumaroro o'z jarima maydonida qo'li bilan o'ynadi va "Milan" yana penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. Bu safar zarbani Kessie amalga oshirdi va imkoniyatidan unumli foydalandi. "Bolonya"ga tasanno, bundan keyin ham o'ynashdan to'xtab qolmadi va o'yin so'ngiga yaqin Palasio, Olsen, Poli kombinaciyasini "Milan"ning sobiq futbolchisi gol bilan yakunladi. Darvoza to'qqizligidan joy olgan ushbu to'p "rossoblu"ni yanada ruhlantirdi va jamoa yanada katta kuch bilan oldinga otildi. Lekin oxirgi daqiqada Sorianoning boshi bilan bergan zarbasini Donnarumma qaytarishga erishdi. "Milan" qiyin, ammo muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Bu esa jamoaning xarakteri bilan muammolar yo'qligini ko'rsatadi.


"Lacio" safarda "Atalanta"ni engdi

CHorshanba kuni bu jamoalar Kubok doirasida to'qnash kelgandi, bu safar chempionat doirasida yangi jang. SHu sababli bo'lsa kerak jamoalar raqibni o'rganishga ortiqcha vaqt sarflab o'tirishmadi. Marushich to'pni qabul qilgach, Gollini "kepkada" bo'lishiga qaramay, quyosh nurlari ostida ojizligini sezdi va 3-daqiqadayoq uzoq masofadan to'pni aylantirib darvozaga joylab qo'ydi. "Atalanta" karaxt ahvolga tushib qoldi, "Lacio" esa ko'p o'tmay yana gol urishi mumkin edi. Biroq Milinkovich-Savichning jarimadan bergan zarbasi ustunning yonginasidan o'tib ketdi. Navbatdagi chiroyli epizod Luis Alberto ishtirokida bo'ldi, ispaniyalik futbolchi atrofiga 4 nafar raqibni to'plab oldi va to'pni Immobilega etkazdi, u esa o'z navbatida Anxel Korreani to'p bilan taminladi, lekin argentinalik ustunni nishonga oldi. Bu orada "Atalanta" oldinda o'yini butkul qovushmasdi.

Tanaffus ham "bergamoliklar"ga yordam bermadi. Pepe Reyna erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritdi, Immobile esa boshi bilan shunday uzatmani amalga oshirdiki, Korrea darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, kiperni ham aldab, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Oradan ko'p o'tmay, bu safar qanotdan Ladzarri o'ta qulay vaziyatga chiqib ketdi, Gollini bu safar jamoasini qutqara oldi. "Atalanta" esa o'yin tugay deganda "uyg'ondi". Muriel zarba uchun imkon topdi, Reyna zarbani qaytargan bo'lsa-da, takroriy urinishda Pashalichga qarshilik qilolmadi. Ana endi "Atalanta" oldinga boradi va hisobni tenglashtirishga astoydil urinib ko'radigandek tuyulardi, ammo buning o'rniga "Lacio" gol urib qo'ydi. Milinkovich-Savich to'pig'ining tashqi tomoni bilan Korreaga to'pni oshirdi, argentinalik qizg'anchiqlik qilmadi va Murikiga to'pni etkazdi, u esa A Seriyadagi birinchi golini rasmiylashtirdi.


"Roma" "Verona"dan ustun

"Roma"ning keyingi murabbiyi kim bo'lishi haqida ko'plab mish-mishlar aylanib yurgan bo'lsa-da, jamoa ECHL yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Odatdagidek "jalorossi" o'yinni faol boshlashdi, Borxa Mayoral o'tkir burchakdan zarba berdi, lekin to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. O'yin sekin-asta sokin ruhda davom etayotgandi, Manchini hammani "uyg'otib yubordi". Pellegrinining burchakdan oshirgan to'piga Janluka boshi bilan zarba berdi. "Verona" o'ziga kelib ulgurmay, "Roma" yana bir gol urdi. Borxa Mayoral uzatmasidan keyin Geynrix Mxitaryan aylanma yo'nalish olgan zarbasi bilan golkiperga imkon qoldirmadi. Oradan yana 6 daqiqa o'tib, bu juftlik 3-golni tashkillashtirdi. Mxitaryan jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, darvozabon uni qaytardi, qaytgan to'pga ispaniyalik birinchi bo'lib etib keldi hamda golli uzatmaga gol qo'shib qo'ydi. "Verona" anchadan buyon bir bo'limning o'zida 3ta gol o'tkazib yubormayotgandi.

Ikkinich bo'limda "Roma" futbolchilari o'yindan zavq olish uchun harakatlanardi va vaziyatlarni ko'kka sovurishardi. Birgina Spinaccola ikki marta gol urishi mumkin edi, Borxa yana bir imkoniyatga ega bo'ldi, lekin golni "Verona" urdi. Kolli jamoasi uchun taskin beruvchi gol muallifiga aylandi. Ortiq "Verona" golli vaziyatlarga ega bo'lmadi. "Roma" g'alabani qo'ldan chiqarmadi va 3-o'rinni saqlab qoldi. Rimliklar yana birinchi bo'limda faol harakat qilishdi, "Verona" esa ko'plab jihatlarda hali mehnat qilishi talab etiladi.

SHuningdek, "Napoli" "Parma"ni mag'lub etdi, "Jenoa" "Krotone" ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdi, "Torino" va "Fiorentina" murosa ko'chasini tanladi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика