Saloh: "Hech qachon "Liverpul"ga qaytishdan bunchalik qo'rqaman deb o'ylamagandim. Dioguning yo'qligiga ko'nikish nihoyatda qiyin"
04 iyu 19:21
Yangiliklar


Saloh: "Hech qachon "Liverpul"ga qaytishdan bunchalik qo'rqaman deb o'ylamagandim. Dioguning yo'qligiga ko'nikish nihoyatda qiyin"
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ukasi Andre Silva bilan avtohalokatda vafot etgan jamoadoshi Diogu Jota haqida gapirdi.
"Gapirishga til ojiz. Kechagi kungacha tanaffusdan keyin "Liverpul"ga qaytishdan qo'rqaman deb o'ylamagandim. Jamoadoshlar kelib-ketadi, lekin bunday emas. Qaytganimizda Diogu u erda bo'lmasligiga ko'nikish nihoyatda qiyin bo'ladi.
Rafiqasi, bolalari va albatta farzandlaridan ayrilgan ota-onasi bilan doim birgaman. Diogu va uning ukasi Andrega yaqin bo'lganlarning barchasi qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Ularni hech qachon unutishmaydi", – dedi misrlik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
12:27
"Liverpul" Jotaning oilasiga futbolchi bilan shartnoma bo'yicha to'liq summani to'lab beradi 6

Fikrlar