So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Kotrina Kulbite: "Nepal bizga qarshi boshqacha o'yin qilishi aniq" Yangiliklar

Kotrina Kulbite: "Nepal bizga qarshi boshqacha o'yin qilishi aniq"

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Laosga qarshi bahsdan so'ng (0:7) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Laos chuqur himoyalandi va bizga ancha noqulaylik tug'dirdi. Himoyani yorib o'tish esa hech qachon oson bo'lmagan. Shunga qaramay vaziyatlar yaratdik va g'alaba qozondik. Endi to'liq etiborni keyingi uchrashuvga qaratishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Kotrina Kulbite Laosga qarshi o'yin haqida.

- O'tgan uchrashuv bilan solishtirganda bir nechta rotaciyalarga qo'l urildi. Tarkibdagi o'zgarishlarga nima sabab bo'ldi?

- Har bir uchrashuvda rotaciya qilib boramiz. Bu odatiy holat. O'yindan oldin hech narsani to'liq reja qilib bo'lmaydi. Biz g'alaba qozonishimiz kerak edi va shunga harakat qildik.

- Nepalga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak deb o'ylaysiz? Raqib jamoaning kuchli jihatlariga to'xtalib o'tsangiz...

- Nepal bilan ochkolar va to'plar nisbati ham bir xil. Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni xohlamoqda. Biz Nepalning birinchi turdagi o'yinini tahlil qilib chiqdik, unga qadar o'tkazilgan o'yinlarni ham. Nepal bizga qarshi boshqacha o'yin qilishi aniq. Men raqibdan o'rta chiziqdagi blok va qarshi hujumlarga asoslangan o'yinni kutmoqdaman. Sababi ularning tarkibida tezkor hujumchi bor. U qiz Franciyada o'ynaydi. Qanday o'yin bo'lishidan qati nazar, o'zimiz yaxshi o'yin namoyish etishimiz kerak.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика