"Manchester Siti" portugaliyalik darvozabonning tovon pulini to'lashga tayyor
04 iyu 15:44
Yangiliklar


"Manchester Siti" portugaliyalik darvozabonning tovon pulini to'lashga tayyor
"Portu" va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diogu Koshta 75 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.
BBC xabariga ko'ra, Diogu Koshta "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turibdi. 25 yoshli darvozabonning tovon puli 75 million evroni tashkil etadi va “shaharliklar” uni to'lashga tayyor. Koshtaning o'zi o'tishga tayyor.
Koshta 2024/25 yilgi mavsum 43 o'yin o'tkazib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan, 19 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Manchester Siti"ning hozirgi darvozabonlari – Ederson, Ortega va Bettinelli bo'lib, zaxira darvozaboni Skott Karson jamoadan ketgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar