"Arsenal" futbolchisi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi
04 iyu 17:48
Yangiliklar


"Arsenal" futbolchisi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi
Yaponiyalik himoyachi Takexiro Tomiyasu Londonning "Arsenal" klubini muddatidan avval tark etadi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishga kelishib olgan. U yaqin orada erkin agentga aylanadi.
Yaponiya terma jamoasi futbolchisi og'ir jarohati sabab 2025 yilning oxirigacha futbolga qayta olmaydi.
26 yoshli Tomiyasu "Arsenal"da 2021 yildan buyon 84 o'yinda maydonga tushdi. Bu vaqt ichida 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar