Leyla Oraniyazova: "Laosga qarshi biroz qiynaldik"
03 iyu 16:35
Yangiliklar


Leyla Oraniyazova: "Laosga qarshi biroz qiynaldik"
"Laosga qarshi biroz qiynaldik. Sababi biz Nepal terma jamoasiga etib olishimiz kerak edi. O'yin so'ngida gollar kiritdik va vaziyatni o'nglab oldik. Bundan xursandmiz" - deya fikr bildirdi Leyla Oraniyazova bahs haqida.
- Dastlabki ikki uchrashuvdagi raqiblarimizning darajasi haqida nimalar deya olasiz?
- Mening fikrimcha, Laos Shri-Lankadan ancha kuchli ekan. Shri-Lankaning birinchi turdagi o'yini qovushmadi. Bugun esa ular Nepalga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etishdi.
- Nepal terma jamoasining hujumchilari haqida fikr bildirib o'tsangiz? To'qqizinchi raqamli hujumchi ancha tezkor ekan..
- Ha. Biz ularni tahlil qilib chiqmoqdamiz.
- Maydon holati haqida nimalar deya olasiz...
- Qiyin bo'lmadi, ammo biroz noqulaylik tug'dirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar