So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  24 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  36 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  105 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

"Liverpul" ustozi Slot Jota bilan oxirgi suhbati nima haqida bo'lganini aytib berdi Yangiliklar

"Liverpul" ustozi Slot Jota bilan oxirgi suhbati nima haqida bo'lganini aytib berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning marhum futbolchisi Diogu Jota bilan so'nggi suhbatida uni Porutagilyaning Millatlar Ligasidagi g'alabasi va to'yi bilan tabriklaganini takidladi.

Avvalroq Jota va uning ukasi, "Penafiel"da o'ynagan Andre Silva Ispaniyaning shimoli-g'arbiy qismida avtohalokatda vafot etgani malum bo'lgandi.

"Nima deyman? Bunday paytda zarba va og'riqqa chidab bo'lmas ekan, kim nima deyishi mumkin? Qaniydi, qandaydir so'z topib gapira olsam.

Menda bor narsa, biz juda yaxshi ko'rgan inson va futbolchi haqida gapirib berishim mumkin bo'lgan voqealardir.

Mening dastlabki fikrlarim futbol menejeriniki emas, ular ota, o'g'il, aka-uka va amakilarniki deb qabul qiling. Diogu va Andre Silvalar oilasi tasavvur qilib bo'lmas judolikka uchradilar.

Mening fikrlarim aniq: siz hech qachon yolg'iz qolmaysiz. "Liverpul" futbol klubi futbolchilari, xodimlari, muxlislari hammasi siz bilan va men bugun ko'rganlarimga ko'ra, kengroq futbol oilasi haqida ham shunday deyish mumkin.

Klub sifatida bu biz uchun shunchaki shok. Diogu nafaqat bizning futbolchimiz edi. U barchamiz uchun sevimli inson edi. U yaxshi jamoadosh, yaxshi hamkasb edi.

U jamoamizga nima olib kelgani haqida ko'p gapirishim mumkin, lekin Diogu o'yinini tomosha qilgan har bir kishi buni biladi. Qattiq mehnat, istak, fidoyilik, sifat, gollar. "Liverpul" futbolchisi qanday bo'lishi kerakligining mohiyati aks etardi.

Hamma ham ko'rmagan jihatlar bor. Hech qachon mashhurlikka intilmagan, lekin baribir unga erishgan odam. Ikki kishiga emas, hammaga do'st. U o'z oilasi haqida qayg'uradigan inson edi.

Oxirgi marta gaplashganimizda Dioguni Millatlar Ligasida g'olib chiqqani bilan tabriklagandim va bo'lajak to'yini yaxshi o'tkazishini tilagandim. Ko'p jihatdan bu Diogu va uning oilasi uchun orzu qilingan yoz edi, bu esa shunday tugagani qattiq zarbadir.

Klubga ilk bor kelganimda o'rgangan qo'shiqlardan biri bu muxlislarimiz Diogu uchun atab kuylagan qo'shiq edi. Men u bilan avval birga ishlamagan edim, lekin yillar davomida juda ko'p ajoyib o'yinchilarni ko'rgan "Liverpul" muxlislari Diogu uchun shunday noyob qo'shiq aytayotgan ekan, demak, unda o'ziga xos fazilatlar borligini anglab etgandim.

Bunday dahshatli sharoitda o'sha fazilatlarni yo'qotganimizga ko'nikishimiz mushkul bo'ladi. Shu sababli, klubdagi barcha birdam bo'lishi va bir-birimiz bilan yaqinroq bo'lishimiz kerak. 

Dioguning rafiqasi Rute, ularning uch nafar go'zal farzandi, Diogu va Andre Silvaning ota-onalariga hamdardlik bildiraman.

Kezi kelganda Diogu Jotaning gollarini eslaymiz va qo'shig'ini kuylaymiz. Bu orada biz uni betakror shaxs sifatida eslab, yo'qotganimizga aza tutamiz. U hech qachon unutilmaydi.

Uning ismi – Diogu", – dedi Slot.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика