"Manchester Yunayted"da yangi to'lqin: besh futbolchi klubni tark etish niyatida - Romano
04 iyu 20:58
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"da yangi to'lqin: besh futbolchi klubni tark etish niyatida - Romano
Taniqli jurnalist Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoq X (ilgarigi Twitter) orqali xabar berishicha, "Manchester Yunayted" safidagi besh nafar futbolchi — hujumchilar Markus Rashford, Antoni, Alexandro Garnacho, Jeydon Sancho hamda himoyachi Tirell Malasia jamoani tark etish istagini klub rahbariyatiga etkazgan.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil yoz oyida Sancho "Chelsi"ga ijara asosida o'tgan edi. Qishda esa Rashford "Aston Villa", Antoni "Betis", Malasia esa PSV saflariga ijaraga berildi.
"Qizil iblislar" o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida faqat 42 ochko to'plab, 15-o'rinni egalladi. Shunga qaramasdan, jamoa Evropa Ligasi finaligacha etib bordi, ammo hal qiluvchi bahsda "Tottenxem"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jamoadagi bu o'zgarishlar klubning yangi strategiyasiga ishorami yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar