So’nggi yangiliklar

14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  0 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  3 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  11 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1

Viktor Karpenko: "Ilk gol sabab birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik" Yangiliklar

Viktor Karpenko: "Ilk gol sabab birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik"

O'zbekiston Superligasi 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" va "Buxoro" o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Raqibni tabriklayman. Bugun bitta jamoa futbol o'ynashga harakat qildi. Haqli g'alaba. Bugun intensiv bo'la olmadik. Bugun yigitlarim yomon o'ynashdi deya olmayman. Bunday natijadan so'ng uchrashuvga to'liq tayyorlanmadik deya olaman. Ko'rinib qoldiki, o'yinga tayyor holda chiqib kelmadik. 

- Bugun "Buxoro" qanday maqsad qo'ygandi?

- Maqsad futbol o'ynash edi. Qo'rqmasdan futbol o'ynashni istagandik. "Nasaf" futbolchilarining barchasi kuchli. Himoyada ehtiyot bo'lishi kerak edi, raqib juda xavfli. Agressiv harakat qilmoqchi edik, o'xshamadi. Ilk gol sababli birinchi bo'limda to'rtta o'tkazdik. Psixologik tomondan yomon tasir qildi bu gol. Jamoani o'yinga tayyorlash uchun kerakli so'zlarni ayta olmadim desam bo'ladi. Bu murabbiylar shtabining kamchiligi. "Nasaf" o'zi ham futbol o'ynaydi, raqibga ham bu imkonni beradi.

- "Bunyodkor" bilan o'yindagi "Buxoro" bilan bugungisini katta farqi bor...

- Istalgan jamoa raqib qanday imkon bersa shunday o'ynaydi. "Nasaf" bugun bizga imkoniyat qoldirmadi. Birinchi golni o'tkazmaganimizda balki bunday bo'lmasdi. "Bunyodkor" o'ynashga bergandi, "Nasaf" bermadi. 

- "Buxoro"ning o'z maydoniga qaytishi jamoa uchun nimalarni o'zgartiradi?

- O'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Biz buni anchadan beri kutardik. Jamoa barcha o'yinni safarda o'tkazsa, bu juda qiyin. Tayyorgarlikni uyda qilib, keyin yana yo'lga otlansangiz, bu qiyinchilik tug'diradi. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Buxoroda juda ko'p muxlislar bizni qo'llashadi.

- Rahbariyat sizga qanday vazifalarni qo'ygan?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Kubok finaliga chiqish.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
11 sen 19:59:48
Baxrom Ramazanov
ДЕЛО ПО МОЕМУ НЕ ТОЛЬКО В ПЕРВОМ ГОЛЕ БЫЛО.С ТАКИМИ КОМАНДАМИ ЖЕЛАТЕЛЬНО ИГРАТЬ ОТ ОБОРОНЫ, А В ОТКРЫТОМ ОНИ НАМНОГО СИЛЬНЫЕ И СКОРОСТНЫЕ. И ГЛАВНОЕ НАШИ ИГРОКИ ХОТЯТ САМИ ЗАБИТЬ ГОЛ, ТАКИХ НЕ НАДО ПУСКАТЬ ИГРАТЬ, ТАК КАК ФУТБОЛ ИГРА КОМАНДНАЯ.ЖЕЛАЮ УДАЧИ ВАМ И КОМАНДЕ В СЛЕДУЮЩИХ МАТЧАХ
   
11 sen 06:24:43
salom salom
Karpenko to'g'ri gapni aytdi ilk gol bo'lmasa qolgan gollar ham bo'lmasdi.Buxoro chempion
   
10 sen 23:35:43
SHAKHRISABZ
HAKIM FUZAYLOVNI KETISHI BUXORO NI ENG KATTA XATOSI BULDI.
   
10 sen 23:24:38
mirabzal
бухоро хурланибти эссиз шундо каманда
   
10 sen 22:53:42
تعمورخن ومار خجا
Bizda kim xoxlasa murabbiy boʻvoluvurarkanda yana klublarga termalarga qoʻyuvuradi Karpenkaga balo bormikan buyoqda Jeparov yana chagadovmi ey bitta chumoʻ bor Shatskix liushshan xammasi xammayoqdi botqoqqa botirib sharmanda qibyotipdi Baxtiyor Ashurmatov boridi Jasur Abduraimovham zor Murabbiy edi qani shular qayerda bpmasa chetdan obkelish
   
10 sen 22:47:02
Google User
Viktor aka, hafa bo'lmaysiz. Buxoro o'zi yaxshi jamoa, lekin Nasaf arablar bilan o'yindan oldin o'zini psixologik holatini yaxshilab olishi kerak edi, shunga yutaman, deb rosa harakat qildi. Nasafga ham, Buxoroga ham keyingi o'yinlarda omad!
   
10 sen 22:34:45
Ruziqul Zaripov
Malades borini aytibdi
-1   
11 sen 09:16:28
Аббосхужа
Илҳом Мўминжонов "Бухоро" га мураббий бўлиши мумкин деган гаплар бор эди, нима бўлди шу? Бирон киши билмайдими? Ўзим "Бухоро" билан "Насаф" га муҳлислик қилардим. На чора кеча "Бухоро" агрессив ўйинга тайёр бўлмаганлиги учун ҳимояни ҳам уддалай олмади. Футболда бўлиб турадиган ҳолат. Лекин айрим юзерчалар ўз фикрида Насаф Бухорони хўрлабди деган иборани ишлатган. Нима битта шу футбол деб Бухоро хўрланган бўладими? Ҳее сани саводингга ҳам...
Халқаро майдонда "Насаф" га омадлар тилайман. Салгина ўзимизни ҳурмат қилайлик қўшнилар.
-1   
10 sen 23:38:11
SHAKHRISABZ
TUSHUNARSIZ GAP. ILK GOL SABAB 4 TA UTKAZDIK. AGAR ILK GOL BULMAGANDA, 4 TA UTKAZMAS EDIKMI? NIMA VIKTOR KARPENKO UYIN BOSHLANISHIDAN OLDIN NATIJANI ANIQ BILGANMI? KUTILMAGANDA ILK GOL BULGAN, KEYIN 4 TA UTKAZGAN. DEMAK, AYBDOR ILK GOL))))))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика