Gvardiola "Man Siti"dan qaysi futbolchining ketganidan afsusda ekanligini aytdi

Khoja
8 sen 2025, 09:37
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola qaysi futbolchini jamoadan erta tark etganidan afsusda ekanligini aytdi.

"Bu savolning javobi juda oson. Xesus Navas bilan kam ishlaganimdan afsusdaman, u biz bilan ko'proq qolishi lozim edi", - dedi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, Xesus Navas "Manchester Siti"da 2013-17 yillarda harakat qilgan. Gvardiola esa "shaharliklar" ustozi sifatida 2016 yildan beri faoliyat olib boradi.

Shundan so'ng yarim himoyachi "Sevilya" tarkibida 2024 yilga qadar faoliyat olib bordi. U faoliyati davomida APL chempionligini qo'lga kiritan, shuningdek, Angliya kubogi (2 marta), Ispaniya kubogi, Superkubogi, 4 marta UEFA kubogi va UEFA Superkubogida g'alaba qozongan. 

Bundan tashqari, Navas Ispaniya futboli tarixida milliy jamoa bilan to'rtta sovrinni qo'lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U terma safida 2 karra Yevropa chempioni, Jahon chempioni va Millatlar ligasida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com