So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Besh kishilik himoyani yorib o'tishni yaxshi uddaladik. Elit OCHLda munosib bo'lishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Besh kishilik himoyani yorib o'tishni yaxshi uddaladik. Elit OCHLda munosib bo'lishga harakat qilamiz"

O'zbekiston Superligasi 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida
- Ajoyib o'yin. G'alaba bilan tabriklayman. "Buxoro" jamoasini o'zgarishlardan keyingi o'yinlarini ko'rib, ular yaxshi himoyalanishini bilardik. Shu sababli raqibga qarshi sinchkovlik bilan tayyorlandik. Besh kishilik himoyani yorib o'tishni yaxshi uddaladik. Keyin hammasi osonlashdi.

- "Nasaf"ning boshqacha o'yinini guvohi bo'ldik. Bu raqibga qarshi ko'rilgan tayyorgarlikmi?

- Raqib jamoa ko'pchilik bo'lib himoyalangani uchun uchta hujumchi bilan o'ynadik. Bugun bu ish berdi. Bugungi sxemamiz rejaning bir qismi edi. Kim yaxshi formada bo'lsa, u bugun maydonga tushdi. Hammasi to'g'ri bo'ldi deb hisoblayman.

- Yusuf Otubanjoning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Yusuf jismonan juda kuchli emas. Asosan kuchli texnikaga asoslanib harakat qiladi. Eng muhimi u raqib jarima maydonida o'zini yaxshi his qiladi. 

- Terma jamoadagi "Nasaf" futbolchilarini oldinroq qaytarib olingani haqida gapirsangiz

- Timur Kapadze bilan bu masalani oldinroq gaplashib olgandik. Elit OCHLdagi o'yinimiz malum bo'lganidan so'ng o'yinimizni ko'chirish bo'yicha O'zPFLdan iltimos qildik, ular bizga yordam berishdi. O'zPFLga va terma jamoalar murabbiylaringa rahmat aytaman. O'yinchilarimizni tezroq safimizga qaytarishga milliy jamoa murabbiylari yordam berishdi, bundan minnatdormiz. Bazi bir o'yinchilarimizda engil jarohatlar bor. Ular tezroq safga qaytishsa, bu yaxshi bo'lardi. Alibek Davronov olib qolindi, chunki Timur agar biror o'yinchi men uchun muhim bo'lsa, uni olib qolaman degandi. 

- OCHL Elit musobaqasi oldidan "Nasaf"ni kayfiyati qanday?

- Elit OCHLdagi jamoalar mashhur Evropadagi yulduzlarni taklif qilib, o'z o'yinini kuchaytirmoqda. Biz tushunib turibmizki, bu musobaqada faqat kuchli raqiblar bilan o'ynaymiz. Munosib bo'lishga harakat qilamiz. Xohish, tartib bo'lsa, barchasini uddalaymiz.

- Bugun yirik g'alaba bo'ldi. "Buxoro" va "Al Ahli" o'rtasidagi farq yor va osmon kabi. Besh kundan keyingi o'yinda jamoa butkul boshqa muhitga tushadi. Futbolchi uchun maydonda nimalar o'zgarib ketadi u erda?

- Bu ikki turnirni taqqoslab bo'lmaydi. Yondoshuv ham shunga yarasha bo'ladi. "Buxoro" bilan hujumga etibor qaratish kerak, u erda esa tartib va himoya birinchi o'rinda. Har bir detal hisobga olinishi lozim. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика