Touni: "Saudiya ligasi men uchun APL bilan bir darajada"
10 sen 2025 19:23
Yangiliklar
Touni: "Saudiya ligasi men uchun APL bilan bir darajada"
Bundan avval "Al Nassr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionati dunyoning eng yaxshi beshta ligasiga kiradi, degan edi.
"Ronaldu butun dunyoni aylanib chiqqan va ehtimol, mendan ko'proq tajribaga ega, chunki men faqat Premer-liga, Chempionship, shuningdek, Angliyaning birinchi va ikkinchi ligalarida o'ynadim.
Men uchun [Saudiya ligasi] Premer-liga bilan bir darajada turadi. Agar [“Al Ahli”] Premer-ligada bo'lganida, biz yaxshi o'ynab, birinchi to'rtalikka yaqin bo'lardik. Liga kuchli va odamlar buni tan olishlari kerak.
Biz “Al Hilol”ning “Manchester Siti”ga qarshi o'yinini ko'rdik va inglizlar mag'lubiyatga uchrashdi (4:3 hisobida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida). Odamlar “Xilol”ning darajasini ko'rdi.
Saudiya Arabiyasida yuqori darajali jamoalar bor. Bu erda futbol o'ynashni bilishadi. Ligadagi futbolchi Premer-ligadagidek taniqli emas, lekin yaxshi o'yin ko'rsata oladigan yigitlar bor", – dedi "Al Ahli" hujumchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar