So’nggi yangiliklar

13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  0 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  7 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  4 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  3

“Xotira-79” PRO-ligadan chetlatiladi. Agar... Yangiliklar

“Xotira-79” PRO-ligadan chetlatiladi. Agar...

Teglar :  Xotira-79
PRO-Liga klublarining moliyaviy xolatiga xavas qilib bo'lmaydi.

Deyarli barcha klubda moddiy jihatdan inqiroz yuzaga kelgan. Ayrim jamoalar yuzaga kelgan qarzdorlik bo'yicha PFL tomonidan jazolandi ham. Yaqin orada yana bir jamoa chempionatdan chetlatishi mumkin.

Aniqrog'i “B” guruhi qatnashchisi “Xotira-79” jamoasining ham PFL oldidagi qarzlari ko'payib ketgan. Ismi sharifini sir saqlash sharti bilan biz bilan aloqaga chiqqan, klub rasmiysining aytishicha “Xotira-79” jamoasiga Uychi tumani xokimligi tomonidan hech qanday etibor qaratilmayapti.

Jamoaning PFLdan 40 million so'mga yaqin qarzi bor. Rahbariyat ushbu qarzdorliklarni bartaraf etish uchun PFLdan 20 avgustga qadar ruhsat olgan. Katta extimol bilan “Xotira-79” bugun PFLning hisob-raqamiga 40 million so'mni o'tkazib bera olmaydi.

Jamoa ertaga Buxoro viloyatida “Labsa” mehmoni bo'ladi. Safar uchrashuviga borgani bilan, ertaga o'yin komissari uchrashuvni o'tkazishga ruxsat bermasdan Uychi jamoasiga texnik-mag'lubiyat yozadigan bo'lsa u xolda ortiqcha sarf-xarajatga yo'l qo'yilgan bo'ladi. Bu borada hozir “Xotira-79” rahbariyatining boshi qotgan.

Ko'ramiz, “Xotira-79” rahbariyati ushbu qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketarkin? PFLchi? Hamma klublarni barobar ko'rarmikin?


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика