So’nggi yangiliklar

00:37Суперкомпьютер талқинига кўра қайси жамоа АПЛ ғолиби бўлади?  0 00:13А Серия. Иккинчи ва тўртинчи ўринлардаги жамоаларнинг ўзаро ўйини учун таркиблар эълон қилинди  0 23:56А Серия. "Интер" "Сарденья"да йирик ғалаба қайд этди  0 23:33Исак фаолиятини Лондонда давом эттириши мумкин  0 22:55"Ал Насср" супер трансфер амалга оширмоқчи  2 22:40Карвахаль: "Реал"га қарши ўйнашни истамайман"  0 22:16Рио Фердинанд: "Месси ҳам Ямалнинг ёшида ўйинга бунчалик таъсир ўтказа олмасди"  5 21:52Капелло Мбаппенинг тарафини олди  0 21:30"Анри майдон четида ғазабдан эс-ҳушини йўқотиб қўяй деди". Таниқли франциялик мутахассиснинг Ильгиз Танташев ҳакамлик қилган ўйинда ҳакамлардан қандай жаҳли чиққани ҳақида  1 21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  10 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  3 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  1 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  6

Abror Imomxo'jaev "Paxtakor-79" aviahalokatini yodga oldi Yangiliklar

Abror Imomxo'jaev "Paxtakor-79" aviahalokatini yodga oldi

"Futbol olami" ko'rsatuvi muallifi, taniqli jurnalsit Abror Imomxo'jaev "Paxtakor-79" halokati haqida batafsil so'zlab berdi.

- Abror Imomxo'jaev "Paxtakor-79" halokati haqida qanday xabar topgani. O'sha kunni qanday o'tgani haqida

- Hozir aniq esimda yo'q. Lekin o'sha kuni uyimizda qandaydir yig'in bo'lishi kerak edi. Ammo mudhish xabarni qay tariqa eshitganim yodimdan chiqmaydi.

Ertalab uyg'onganimda dadam ko'rinmadilar. Onamning aytishlariga qaraganda, kimdir ertalab soat to'rtlar atrofida mashina bilan olib ketibdi. Biz yuvinib, nonushta qilgach, birin-ketin-qarindosh urug'lar kela boshlashdi. Biroq dadamdan xabar yo'q edi. U kunduzi soat 12 larga yaqin kirib keldi. Rangida-rang qolmagan. Hech kimning salomiga alik ham olmay, hovlining chetidagi ustunga suyanib qoldi. Hammamiz uning atrofiga to'plandik. Xavotir bilan nima bo'lganini so'radik. U esa xuddi “Paxtakor” stadionidagi suxandonlik xonasida o'tirganidek o'yinchilar nomini sanay ketdi: “Pokatilov, Korchyonov, Ashirov, Agishev, Zagumennix, An, Fyodorov...” Dadam ikkala qo'lini alam bilan pastga siltadi-da, ho'ngrab yig'lab yubordi. Hamma qotib qoldi. Men umrimda birinchi marotaba dadamning yig'lashini ko'rishim edi. Tag'in barchaning oldida. Hovlidagi xotin-halajlar “Tinchlikmi, nima bo'ldi o'zi? Gapirsangizchi?” deb qo'yishmaganidan so'ng ko'z yoshlarini artib, bir xo'rsindi-da, titroq ovoz bilan tushuntirdi: “Paxtakor” komandasi Minsk shahriga o'ynagani ketayotganida ular uchayotgan samolyot boshqa bir samolyot bilan to'qnashib ketibdi. Qattiq portlash natijasida passajirlarning hammasi halok bo'libdi..."

Lekin biz oilamiz ahli bilan dadamga juda achindik. CHunki “Paxtakor” u kishi uchun nimaligini yaxshi bilardik. Onam esa ancha vaqtgacha o'zlariga kelolmay qoldilar. Sababi, o'sha samolyotda dadam ham uchishlari kerak edi. Faqat ana shu yig'in tufayligina safarga bormagan edilar...

Kechga yaqin erkak qarindosh-urug'lar hamda dadamning yaqin og'aynilari ham hovlini to'ldirishdi. Ular bir tomondan qattiq hafa bo'lishsa, ikkinchi tomondan – dadamning tasodif tufayli omon qolganligidan xursand bo'lishardi. Yig'inga kelayotgan ammam esa ostona hatlamasdan, uyimizga dodlab kirgan. Bir-ikki kun oldin dadam Minskka ketaman deb, u kishiga telefon orqali xabar bergan ekan...

- Aviahalokatdan keyingi dastlabki uchrashuvlar haqida

-  Yangi komanda dastlabki o'yinni Erevanda “Ararat”ga qarshi o'tkazdi. Garchand maydon egalari 3:1 hisobida g'olib chiqqan bo'lsalar ham, paxtakorchi Glushakov kiritgan yagona to'pi bizga umid bag'ishladi. Navbatdagi uchrashuv esa Toshkentda o'tkazilishi lozim edi. Hali ham aviahalokat to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lmaganlar o'sha kuni stadionga “Paxtakor” – “Dinamo” (Tbilisi) o'yinini ko'rgani keldilar. Uchrashuv boshlanishidan avval stadion suxandoni barchadan bir daqiqa sukut saqlashni so'radi. Stadion karnaylaridan marham futbolchilarning nomlari o'qila boshlandi. Birinchi marotaba ular to'liq – ism, familiya va otasining ismi bilan o'qildi: “Sergey Konstantinovich Pokatilov, Aleksandr Ivanovich Korchyonov...” O'yinchilar maydonga tushadigan tartib raqami bilan o'qilarkan, sakkizinchi bo'lib Mixail An va to'qqizinchi bo'lib Vladimir Fyodorovlarning nomlari aytilishi kerak edi. Suxandon ayolning ovozi Anni zo'rg'a aytdi, Fyodorovga kelganda titrab ketdi. Keyin esa umuman o'chib qoldi. Sukunat saqlanib turgani uchun ham, vishillab turgan karnaydan titroq yig'i tovushi eshitildi. Men hayron bo'lib boshimni ko'tardim. Biroq atrofdagi kishilar undan ham hayron qoladigan darajada edilar. Stadionda ellik mingga yaqin odam yig'lardi. Bu dahshatli manzara edi. Hozirgina bir-biri bilan joy talashgan ikki o'smir ham, ko'ksidagi ordenlari bilan stadionga kelgan shlyapali chol ham, bolasini elkasiga o'tqazib olgan anavi mo'ylovli amaki ham yig'lardi. Nihoyat suxandon bir amallab ro'yhatni tugatdi. Muxlislar ham o'zlariga kelishdi. Yangi “Paxtakor” o'zining ilk g'alabasiga o'sha kuni erishdi. Hamyurtlarimiz 2:1 hisobida ustun keldilar. “Yangi” va “eski” iboralari mana, o'sha vaqtdan beri qo'llaniladi. “Paxtakor” 1982 yil 6-o'rinni egallaganda ham, oliy ligadan tushib ketganda ham, “sayohatchi” futbolchilar komandani talon-taroj qilganda ham, “eski” “Paxtakor”ni eslashadi. Hozirgi kunda ham istalgan ishqiboz “o'sha” o'yinchilarni yoddan aytib berishi mumkin.


- 11 avgust kuni Imomxo'jaevlar oilasida qanday o'tishi haqida

- Otam odatdagidek erta uyg'onadi. Bozordan gul harid qilib, Botkinodagi marhumlarsiz qabrlarni ziyorat qiladi. O'yinchilarning nomi qo'yilgan ko'chalarni kezadi. Marhumlarning oila azolariga qo'ng'iroq qilib, hol-ahvol so'raydi. So'ngra, uyga kirib vimpel, rasmlar, xullas, “Paxtakor-79”dan nima esdalik qolgan bo'lsa, barchasini yana bir bor ko'zdan kechiradi. SHuning uchun ham men xohlasam-xohlamasam, bugun u yana bir bor yig'lab, yuragini bo'shatib oladi. Uning shunday bo'lib qolganiga bugun 9 yil bo'ldi...

- "Paxtakor-79" jamoasidan qolgan yodgorliklar haqida

- SHu kunlarda esa otam uyga qog'ozga o'rog'liq narsa ko'tarib keldi. So'ng hammamizga birma-bir ko'rsatib chiqdi. Biz temir va shisha parchalarini ushlab, hech narsaga tushunmadik. Otam bundan xafa bo'lmadi ham. Yosh bolalarga xos qo'lidagi narsaga suqlanib qararkan, menga murojaat qildi: “To'qqiz yildan beri orzu qilib qidirgan narsamni topdim. Bular “Paxtakor” halokatga uchragan samolyot parchalaridir. Tanishlaring bo'lsa, menga muzeylardagidek oynavand eksponat yasatib bergin. Bularni va 1979 yil halokatdan oldin o'yinchilardan qo'l qo'ydirib olgan vimpelni ko'rgazma qilib uyning to'riga joylashtiraman...”


Javoblar “Turkiston” gazetasining 1988 yil 11 avgust sanasida chop etilgan "Moziyga qaytib... Erkaklar yig'laganda..." maqolasidan olindi. To'liq maqola

Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика