Hojiakbar Alijonov: "Paxtakor-79"ga bo'lgan xalqning muhabbati abadiydir"
11 avg 16:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/798567_original.jpg)
![](/upload/storage/798567_220.jpg)
Hojiakbar Alijonov: "Paxtakor-79"ga bo'lgan xalqning muhabbati abadiydir"
1979 yil ayni shu kuni o'zbek futbolining afsonaviy jamoasi "Paxtakor" aviahalokatga uchragan kundir. Erta tongdan "Paxtakor-79" jamoasini xotirlash uchun "Paxtakor" stadioniga juda ko'pchilik muxlislar va befarq bo'lmagan insonlar tashrif buyurdi. Qarshida o'tkazilgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan keyin esa "Paxtakor" jamoasi azolari "Botkina" qabristonida "Paxtakor-79" xotirasiga quron tilovat qildilar. SHuningdek, "Qizilqum" va OKMK jamoalari ham ushbu sanada "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
"Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Lekin "Paxtakor-79"ga bo'lgan, xalqning muhabbati abadiydir!!!" - deya fikr qoldirdi "Paxtakor" etakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar