Hojiakbar Alijonov: "Paxtakor-79"ga bo'lgan xalqning muhabbati abadiydir"

Абдулвосит Бектемиров
11 avg 2024, 16:16
"Paxtakor" jamoasi yetakchisi va milliy terma jamoamiz a'zosi Hojiakbar Alijonov "Paxtakor-79" xotirasini yodga oldi.

1979 yil ayni shu kuni o'zbek futbolining afsonaviy jamoasi "Paxtakor" aviahalokatga uchragan kundir. Erta tongdan "Paxtakor-79" jamoasini xotirlash uchun "Paxtakor" stadioniga juda ko'pchilik muxlislar va befarq bo'lmagan insonlar tashrif buyurdi. Qarshida o'tkazilgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan keyin esa "Paxtakor" jamoasi a'zolari "Botkina" qabristonida "Paxtakor-79" xotirasiga quron tilovat qildilar. Shuningdek, "Qizilqum" va OKMK jamoalari ham ushbu sanada "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.


"Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Lekin "Paxtakor-79"ga bo'lgan, xalqning muhabbati abadiydir!!!" - deya fikr qoldirdi "Paxtakor" yetakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia