Shomurodov Turkiyaning qaysi jamoasi bilan muzokara olib borgani malum
19 iyu 08:03
Yangiliklar


Shomurodov Turkiyaning qaysi jamoasi bilan muzokara olib borgani malum
Eldor Shomurodovning kelajagi borasida navbatdagi xabarlar tarqalmoqda.
Turkiyalik insayder Yagiz Sabuncuo'g'lining yozishicha hamyurtimiz Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir“ klubi vakillari bilan muzokara olib borgan. Turkiya klubi hujumchini sotib olishni reja qilgan. Kelasi haftada muzokaralarning asosiy bosqichi boshlanishi mumkin. O'z navbatida “Roma“ ham Shomurodovni yaxshi narxga sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Shomurodovning “Roma“ bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. O'zbekiston MTJ azosi “Roma” safidagi o'tgan mavsumda 37 uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslarda u 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar