Ronalduning sobiq termadoshi "Al Nassr" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
19 iyu 12:36
Yangiliklar


Ronalduning sobiq termadoshi "Al Nassr" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Klub Serjiu Konseysauni tayinlash masalasini ko'rib chiqmoqda.
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi Luchano Spalletti rad javobini berganidan so'ng "Milan" sobiq bosh murabbiyi Serjiu Konseysauga murojaat qildi.
"Al Nassr" yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag' sarflashi kutilmoqda. Bunday loyiha, Ronalduning ishtiroki bilan birga, Konseysauni keyingi mavsumda jamoani boshqarish haqida o'ylashga undashi shubhasiz.
Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi "Milan" bo'lgan. Konseysao jamoani 2024 yilning dekabrida qabul qilib olgan va mavsum oxirida "rossoneri"ni Chempionlar Ligasiga olib chiqolmagani uchun o'z vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek, u jamoani Italiya Kubogi finaliga olib chiqdi va "Bolonya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
hozirda Kloop ishsiz