Samarqand futbolida qayta uyg'onish davri: Abramov qurgan “Dinamo” haqida
19 iyu 12:09
Yangiliklar


Samarqand futbolida qayta uyg'onish davri: Abramov qurgan “Dinamo” haqida
Ammo mavsumning eng katta voqeasi — Samarqandning “Dinamo” jamoasining mag'lubiyatsiz yurishi va jadvaldagi yuqori natijasi bo'lmoqda, desak yanglishmagan bo'lamiz. Aslida, bu ko'hna shaharda muvaffaqiyatli mavsum sifatida 1999–2000 yillar tilga olinadi. Keyinchalik, 2007–2008 yillarda ham “Dinamo” kuchli beshtalikdan joy olgandi. Oradan 18 yil o'tib, Samarqandda futbol yana uyg'onmoqda.
“Dinamo” bugungi kunda 12 turda 25 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda turibdi. Bu nafaqat statistika, balki Samarqand futbolida qayta tirilish davrining belgisidir. Va buning markazida bitta shaxs turibdi — Vadim Abramov.
Abramov Samarqandda nima qildi?
Ko'pchilik biladi: Vadim Abramov “Dinamo”ni 2025 yilda emas, 2022 yil oxirida qabul qilgan. O'sha paytda jamoa Superligadan tushib ketgan, umidsiz va tuzilmasiz, lift maqomidagi jamoa edi. Murabbiylar qo'nimsizligi, aniq uslub va falsafasiz harakat, naf keltirmagan legionerlar... Ammo Abramov jamoani qaytadan qurdi: 2023 yilda Pro-ligadan olib chiqdi, 2024 yilda esa Superligada muvaffaqiyatli qatnashib, jamoani 8-o'rin bilan ligada saqlab qoldi.
To'g'ri, jamoa sovrin yutmadi, o'rtani o'ziniki qildi. Lekin endigina Superligaga qaytgan jamoa uchun o'rnini saqlab qolish birlamchi vazifa sifatida turardi. Esingizda bo'lsa, “Dinamo” avvalgi yillarda ham elitaga qaytar, muvaffaqiyatsiz natijalar sabab o'sha mavsumdayoq ortga qaytardi.
2025 yilda esa Vadim Abramovning uslubi o'z samarasini ko'rsata boshladi. “Dinamo” mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda, har bir o'yinda shaxsan men futbolchilarning harakatidan lazzat olyapman. Ochig'i, jamoa durang o'ynagan yoki yutmagan o'yinlarini ham oxirigacha kuzatmoqdaman.
Yoshlarga ishongan murabbiy
Abramovning eng katta jasorati — yoshlarga tayangan holda natija qilishidir. Buni u 2019 yil “Bunyodkor” misolida ko'rsata olgan. O'shanda tarkibning 70 foiz qismi akademiya tarbiyalanuvchilari bo'lgandi. Jamoa tarkibida 2005–2006 yillarda tug'ilgan futbolchilar qo'rqmay asosiy tarkibda o'rnini topmoqda.
Masalan, Oybek O'rmonjonov (2006) va Firdavs Abdurahmonov (2005) hujum chizig'ida o'zlarini ko'rsatmoqda. 18 yoshli O'rmonjonov Superligada 11 ta o'yinda 3 ta gol, 2 ta assist qayd etgan. Abdurahmonov esa 10 ta o'yinda 2 ta gol, 2 ta assist qilgan. Bu ikki futbolchi oxirgi o'yinlarda oldingi chiziqda o'ziga xos tandem yarata olyapti. Ular nafaqat tezlik va harakat bilan, balki aqlli harakatlari va vaziyatni his qilish qobiliyati bilan ham ajralib turishmoqda. Yosh futbolchilarning maydondagi erkinligi va ishonch bilan o'ynashi — Abramovning tajribasi va mahoratidan darak beradi. Bu faqat natija emas, balki kelajak uchun asos yaratish demakdir.
Taktik rang-baranglik yoxud endi Abramov jamoasi himoyada ham o'ynashni bilyapti
Vadim Abramov boshqargan jamoalar doim ochiq va hujumkor futbol ko'rsatadi. O'zi ham o'ynaydi, raqibga ham o'ynashga imkon beradi. “Dinamo” hujumkor va jamoaviy futbol namoyish etyapti. Bu jamoa har bir raqibga nisbatan taktik yondashuvni o'zgartiradi, ammo o'z uslubidan voz kechmaydi.
Etiborli jihat — “Dinamo” bugungi kunda Superligada eng kam gol o'tkazgan jamoalardan biri: faqat 8 ta gol, bu ko'rsatkichda faqat “Nasaf”dan ortda qolyapti. Odatda, Karlenovich jamoalarida ko'p gol o'tkazish holatlariga ko'p bor guvoh bo'lardik. Endilikda uning jamoasi himoyada ham o'ynashni bilyapti.
Ayrim o'yinlarda raqibdan kelib chiqqan holda harakat qilmoqda. Bu Abramovning principlari biroz bo'lsa-da o'zgarayotganiga dalolat beryapti, desak yanglishmaymiz. Abramov o'yinni himoyadan qurish emas, to'g'ridan-to'g'ri hujumda bosim bilan boshlash tarafdori. Ammo bu hujumlar tartibli, rejali va intizomli. Uning jamoasida har bir poziciyada o'ynayotgan futbolchi o'z vazifasini biladi. Ijrochilarga erkin o'ynash imkonini beradi.
Samarqandning “Dinamo” jamoasi bugungacha bir necha bor yuqori ligaga chiqib, ammo barqaror natijalarni namoyish qila olmagan.
Jamoaning Superligadagi eng yaxshi natijalari:
1999 yil – 5-o'rin
2000 yil – 4-o'rin
2007 yil – 5-o'rin
2008 yil – 6-o'rin
2025 yilgi mavsumdagi yurish shu natijalar bilan tenglashishi, hatto ulardan oshib ketishi mumkin. Jamoa hozirda 25 ochko bilan 2-o'rinda turibdi va hali biror marta mag'lub bo'lmagan. Jamoa “Bunyodkor”ga yutqazmasa, o'z tarixidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya rekordini o'rnatadi. Bungacha jamoa 1999 yilgi ketma-ket 11 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyani takrorlagan edi.
Navbatdagi sinovlar
Buyog'iga taqvimdan kelib chiqsak, jamoani haqiqiy sinovlar kutmoqda. Ikkinchi davrada qolgan jamoalar ham kurashadi, harakat qiladi. Endilikda Abramov jamoasining zaxira imkoniyatlari, tarkibdagi rotaciyalar, mavsumning qolgan qismidagi chidamlilik kabi omillar asosiy planga chiqadi. Yozgi transfer oynasi ham bor. Muhimi — jamoada o'yin sifati yaxshi yo'lga qo'yilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Oybek Ormonjonov
Firdabs
Hislat Halilov
O'rozovla
kuda zor yosh bosayam pyinga iwtiyoq bilan kriwivoti glavniysi qorqmiy oynavoti
2)Nasaf-30
3)Neftchi-30
4)Okmk-28
5) Navbahor-27
6)Paxtakor-26
7)Bunyodkor-25
8)Surxon-21
15-turdan keyngi holat taxminim.