So’nggi yangiliklar

17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  3 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  3 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  6 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  3 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  13 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  9 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1

Xatolarni kechirmagan "Nasaf" yoxud Berdiev uchun tarixiy g'alaba Yangiliklar

Xatolarni kechirmagan "Nasaf" yoxud Berdiev uchun tarixiy g'alaba

"Yil o'yini" ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

O'yindan bir kun avval ijodiy guruh bilan Qarshiga borgandik. "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi atrofidagi tafsilotlarni imkon qadar voqea joyidan Siz aziz muxlislarga etkazishga harakat qildik.

Bu to'qnashuv oldidan ko'pchilikni juda ko'plab savollar qiynayotgandi. Bazi birovlar o'yinga shubha bilan qarashi, kimlardir esa hakamlar muammosidan havotirda edi.
Qarshiga borishimiz bilan juda ko'pchilik bir qator savollar bilan murojaat qilishdan charchashmadi: ertaga qanday o'yin ko'ramiz? Hakamlikchi? Umuman uchrashuv markaziy bahs nomiga munosib o'tadimi? degan savollar tinmasdi. Ularni hammasiga bir xil javob berdim: Ishoning, ertaga haqiqiy futbol spektaklini tomosha qilasiz. Hakamlar masalasida ham havotirga o'rin yo'qligi va Zokir Qodirov bu kabi bellashuvlarni atrofdagi gap-so'zlarga etibor qilmasdan boshqaradigan hakamlar sirasiga kirishini takidlagandim.

Aslida ham shunday bo'ldi. O'yindan keyin hech kimda ortiqcha savollar qolmadi. Hakamlar ham yaxshi ishlashdi, jamoalar ham jangovor o'yin ko'rsatishdi, muxlislar stadionni to'ldirishdi va ajoyib muhit xosil qilishdi. Toshkentdan ham "Paxtakor" ishqibozlar guruhi va undan tashqari "sherlar"ning yana bir necha yuzlab muxlislari tashrif buyurishdi.

Qisqa qilib aytganda, o'sha kuni Toshkent-Qarshi yo'nalishidagi barcha taksi va poezd reyslari futbol ishqibozlari bilan to'ldi, deyish mumkin.

Matbuot bu o'yinni kerakligicha yorita oldi, nazarimda.
Hammasi risoladagidek o'tdi, deyishga to'la asoslarimiz bor.


Endi o'yindan oldingi kun haqida.


"Paxtakor" jamoasida bir qator o'zgarishlar amalga oshirilganini payqash qiyin emas. Bu kabi narsalar kichik detal bo'lishi mumkin, ammo klub haqiqiy professionallikka intilayotganini alohida etirof etmoq lozim.

Jamoa uchrashuvdan bir kun ilgari charter reys orqali Qarshiga uchib keldi. Jamoa o'zi bilan birga nafaqat oshpaz, balki barcha istemol qiladigan mahsulotlarini ham olib keldi. "Paxtakor"ni OCHLda o'ynaydigan arab jamoalariga qiyoslash mumkin. Klub professionallikka intilayotgani kishini quvontiradi. Haqiqiy professional klublar aynan mana shu detallargacha etibor qaratishi lozim. "Paxtakor"ning bu kabi ishga yondoshuvi albatta tahsinga loyiq.


Ko'p narsa moliyaviy taraflama imkoniyatga borib taqaladi. Bu to'g'ri, lekin jamoa ushbu imkoniyatdan kerakligicha maksimal foydalanishi maqtovga loyiq.

"Nasaf"ga keladigan bo'lsak, bu jamoada barcha ishlar ancha yillar ilgari to'g'ri yo'lga qo'yilgan. SHota Arveladze ham Qarshidagi sharoitlarni ko'rib, ancha iliq taassurotda ekanligini yashirmadi. Maydon holatidan tortib, stadiondagi sharoitlar va muxlislar yaratayotgan ajoyib muhitni alohida qayd etdi.

Ko'pchilik "Nasaf"ni jamoa sifatida juda yaxshi shakllanganini qayd etadi. SHuni qo'shimcha qilish mumkinki, "Nasaf" nafaqat jamoa, balki klub sifatida ham haqiqiy professional. Bu juda muhim.


O'yin va hakamlik haqida


Kumush medali nomi ostida o'tgan bahsda har ikkala jamoani avvalambor OCHL pley-offiga beriladigan yo'llanma ko'proq qiziqtirardi.
SHu boisdan ham har ikkala jamoa masalani shu o'yindayoq hal etib qo'yish uchun kurashishdi. Uchrashuv dastlabki daqiqalardanoq keskin kurash va yuqori drayv bilan boshlandi.

O'yin qiymati yuqoriligi sabab, hakamning har bir xushtagidan keyin raqib futbolchilari darxol bosh hakamga qarayverishdi. Kimdir penalti bo'ldiku desa, yana kimdir qani kartochka, degandek Zokir Qodirovga etirozlar bildirishdi. Ammo hakam bularga aldanib qolmadi.
Zokir Qodirov o'yinni his etdi, futbolchilarning hissiyotlari tasiriga berilmadi.

Bir vaziyatda Marko Simich, Jasur Hasanov va Akmal SHorahmedov o'rtasida yuzaga kelgan tortishuvda Zokir Qodirov Simich va SHorahmedovga ogohlantirish ko'rsatdi. Akmal SHorahmedov o'z jamoadoshiga qo'pollik qilgan Marko Simichni yuziga ko'li bilan zarba berdi. Marko esa yuzini ushlavolib tezda yiqildi. Vaziyatga esa SHota Arveladze aralashib, maydonga yiqilgan Marko Simichni o'rnidan turg'azib qo'ydi.

Qodirov esa o'yin ahamiyati va ichki dinamikasidan kelib chiqib, har ikkala futbolchiga ham sariq kartochka ko'rsatdi. Qoida bo'yicha balki SHorahmedovni bu vaziyatda chetlatish ham mumkin edi. Ammo Zokir Qodirov o'yinni his etgani bois, uchrashuvni buzib qo'ygisi kelmadi va Simich yiqilgan vaziyatdan oldin "Paxtakor" futbolchisi o'zi ham bunga sababchi bo'lganini inobatga oldi.

Hakamning darajasi aynan shu kabi o'yinlarda vaziyatdan kelib chiqib qaror qilishidan bilinadi.
Penalti borasida ham Zokir Qodirovga ortiqcha savollar yo'q. Xojiakbar Alijonov to'pni qabul qilishda noto'g'ri o'ynagani bois "Paxtakor" darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Bu vaziyatda "Paxtakor"ning yosh himoyachisi Alijonov to'pni qo'li bilan o'ynadi. To'p juda katta tezlikda yaqin masofadan kelayotgani yo'q edi. To'p qo'lga tegmadi, aksincha himoyachi to'pni qo'li bilan o'ynadi.

"Nasaf" shu kuni yuqori ishtiyoq bilan harakat qildi va uchrashuvda ham katta ustunlikka erishdi. "Nasaf" o'z o'yini bilan raqibni xato qilishga majbur qildi. Xato qilgan raqibini esa kechirmadi. Har uchala qo'pol xatoni "Nasaf" gol bilan jazoladi.
Berdievning o'yinga tayyorlagan puxta rejasi to'liq ish berdi.

Arveladzening tanlagan taktikasi va ikkinchi davra oldidan jalb qilgan legionerlari ish bermadi.

Agarda dastlabki daqiqalardagi yaratilgan vaziyatda Gidi Kanyuk ochiq turgan jamoadoshiga to'pni uzatganda, tablodagi hisobni "sherlar" ochishlari mumkin edi. Ammo legioner maqomiga ega futbolchi o'sha vaziyatda noto'g'ri qarorga kelish bilan birgalikda, to'pni ham eplab tepolmadi.
Gidi Kanyuk "Paxtakor"ga ustunlik taqdim etishi mumkin bo'lgan vaziyatda adashgan bo'lsa, boshqa bir legioner Tiago Bezerra jamoani o'yinga qaytarishi mumkin bo'lgan vaziyatni ko'kka sovurdi.

Uchinchi legioner Rostin Griffits esa Lobanovga to'pni uzatganidan keyin darvozabon kulguli golga sababchi bo'ldi. Bu xato esa "Paxtakor"ni butkul o'yindan tashqari holatda qoldirdi.


Marko Simich esa o'yin davomida ko'p asabiylashdi va himoyada bir tekis o'ynay olmadi. Uchrashuv davomida ko'p vaqtini hakam va raqib futbolchilari bilan bahslashga sarflagan Simichni Arveladze almashtirdi.

"Paxtakor" uchun mavsumdagi oxirgi va eng muhim o'yinda Arveladze tanlagan legionerlarning hech biri ishonchni oqlolmadi. Aksincha, ularning vaziyatlarni ko'kka sovurishlari va o'yinda deyarli ko'rinish berishmagani jamoaga qimmatga tushdi.

Faqatgina ikkinchi bo'limda Yaxshiboevning maydonga tushgani "Paxtakor" o'yinini malum muddat yaxshiladi, deyish mumkin. Ammo Yaxshiboevning bir o'zi qisqa vaqt ichida "Nasaf"ga Qarshida qarshilik qilishga kuchi va vaqti ham etmasdi.

"Nasaf"da esa butun jamoa yaxshi o'ynadi. Bosh murabbiy Berdiev tanlagan va qo'llagan taktika to'liq ish berdi.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinga tayyorlab qo'yilgan ushbu taktik reja Berdievga tarixiy kumush medalni taqdim etdi.

Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar ham o'yinni kuchayishiga xizmat qilishdi. Futbolchilar o'zlariga biriktirilgan taktik funkciyalarini alo darajada uddalashdi.

Jamoa to'purarlari CHeran, Abduraximov va Abdixoliqov "yil o'yini"da o'z ishlarini ajoyib bajarishdi.

Jamoa sardori Akmal SHorahmedov uchrashuvning so'zsiz eng faol va eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. SHorahmedov o'zining etakchilik xususiyatlari bilan jamoadoshlariga kerak paytda, kerakli darajada tasir qildi. Tiago Bezerrani esa o'z qanotida to'liq zararsizlantirdi.
Sanjar Quvvatov ham ikki marotaba jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Bu o'yinni bu kabi chiroyli va fayzli o'tishida nafaqat futbolchilarning ajoyib o'yinlari, balki stadionni to'ldirib turgan muxlislarning ham hissasi juda katta bo'ldi.

Agarda tribunalar ishqibozlar bilan shunday to'lib-toshadigan bo'lsa, har qanday o'yin foni shu darajada bezaladi.
Futbolchilar ham maydonda bor kuchlarini sarf qilishadi. Azart, drayv paydo bo'ladi. "Nasaf"ning ishtiyoqi kuchayishida albatta muxlislarning xizmati katta.

Qani eslab ko'ringchi, qachon oxirgi marta Jasur Hasanovni bu kabi agressiv yoki asabiy ko'rgansiz? Yoki tabiatdan ancha bosiq bo'lgan Ro'ziqul Berdievni hissiyotlarga berilganini har doim ham kuzatavermaysiz. Hayotda do'st bo'lgan futbolchilarni maydonda bu kabi tortishuvlarga, keskin kurashlarga kirishganini har o'yinda ham ko'ravermaymiz. CHunki Oliy ligada har doim ham stadion muxlislar bilan to'lavermaydi. Ko'p narsa muxlislarga bog'liq.

O'yin har qancha muhim bo'lmasin, final yoki oltin medal taqdiri hal etilmasin, agarda tribunalarda muxlislar yo'q bo'lsa, bu kabi keskin kurashlar yoki chiroyli futbolni ko'rmaymiz. O'yin chiroyli o'tishi faqatgina futbolchilarga bog'liq emas, ko'p jihatdan stadionni to'ldiradigan muxlislarga bog'liq. Aynan mana shunday o'yinlar fonida futbolchilarda ham ishtiyoq kuchayadi, motivaciya paydo bo'ladi, ularda o'sish kuzatiladi.

Kechagi "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvini shundoqligicha muxlislarsiz tomosha qilib ko'ring, katta ehtimol o'sha o'yindan hech qanday zavq yoki rohat olmaysiz. Ololmaysiz.

Futbolning ichini futbolchilarning mahorati bezashi mumkin, ammo uning ustini muxlislar bezashadi.

Zero futbol faqat muxlislar uchun.

Muallif :
Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика