Xabi Alonso o'z oldiga qo'ygan maqsadini oshkor qildi
26 sen 2017 09:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/279766_original.jpg)
![](/upload/storage/279766_220.jpg)
Xabi Alonso o'z oldiga qo'ygan maqsadini oshkor qildi
Ispaniya terma jamoasi sobi yarim himoyachisi Xabi Alonso murabbiy bo'lishga qaror qildi. Bu haqda u o'z Instagram sahifasida malum qildi.
"Men 17 yil futbol o'ynadim va murabbiy bo'lishga qaror qildim, - deydi 35 yoshli Alonso. - Batafsil malumot keyinroq bo'ladi".
Alonso 2016/17 yilgi mavsumdan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunladi. U Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'ldi va ikki bor Evropa chempionligiga erishdi. Yarim himoyachi "Real Sosedad", "Eybar", "Real", "Liverpul" va "Bavariya" safida o'ynadi.
Faoliyati davomida ikki bor ECHL, ikki bor UEFA Superkubogini yutgan, Ispaniya, Germaniya chempioni bo'lgan, Angliya, Ispaniya va Germaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar