Alonso "Real"dagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
09 iyu 22:08
Yangiliklar


Alonso "Real"dagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Madrid klubi o'yinchilari klublar jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshladi.
Dushanba kuni Alonso rahbarligida "Real"ning birinchi mashg'uloti bo'lib o'tdi.
Eder Militao, Tibo Kurtua, Daniel Karvaxal, David Alaba va Braim Dias umumiy guruhga qaytishdi. Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Endrik va Eduardo Kamavinga olingan jarohatlardan keyin tiklanishda davom etmoqda. Ilgari bel og'rig'i aniqlangan Federiko Valverde trenajyor zalida ishladi.
"Real" Alonso rahbarligidagi birinchi o'yinni 18 iyunda o'tkazadi – jamoa klublar jahon chempionati guruh bosqichi doirasida "Al Hilol"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar