"Real" "Chelsi" futbolchisini qimmatligi tufayli sotib olishdan bosh tortdi
14 avg 2025 11:19
Yangiliklar
"Real" "Chelsi" futbolchisini qimmatligi tufayli sotib olishdan bosh tortdi
Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandesni xarid qilmadi.
Bu haqda "Madrid-Barcelona" xabar berdi.
"Qaymoqranglilar"ni "ko'klar"ning moliyaviy talablari qoniqtirmadi.

Londonliklar futbolchi uchun 120 million evro talab qilgan. "Blankos" bu miqdorni juda yuqori deb hisoblagan. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres argentinalik o'yinchi uchun buncha katta pul to'lamasligini aytdi.
Ayni paytda markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning talablaridan biri bo'lib qolmoqda. Ammo "qaymoqranglilar" yoz oxirigacha hech kim bilan shartnoma imzolamasligi ehtimoli yuqori. Agar "Real" o'z o'yinchilaridan birini yaxshi narxga sota olsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar