Vlaxovichning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan bo'ladi
28 jan 2022 12:44
Yangiliklar
Vlaxovichning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan bo'ladi
"Yuventus" va "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishishdi.
O'yinchining maoshi 7 million evroni tashkil etadi va shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2025/26 yilgi mavsum so'ngiga qadar imzolanadi.
"Fiorentina" daromadini maksimal tarzda chiqarish uchun Vlaxovichni ushbu oyda sotmoqchi, sababi 21 yoshli o'yinchining shartnomasi yakunlanishiga atigi 18 oy qolgan.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urishga erishdi.
Fikrlar