So’nggi yangiliklar

12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  136 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   13 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  1 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0 08:00Санъат Шихов "Бунёдкор" U-21 жамоасида иш бошлади  3 07:30"Навбаҳор"дан кетган футболчи Баҳрайн клуби билан шартнома имзолади   2 03:05ЕЧЛ. "Атлетико" "Байер" устидан иродали ғалаба қайд этди, "Ливерпуль" эса "Лилл"дан устун келди ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. Лиссабондаги ёмғирли драмада "Барселона" фантастик камбэк қайд этди!  210 01:20Жалолиддин Машариповнинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  14 00:52ЕЧЛ. "Аталанта"дан йирик ғалаба, "Монако" эса "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди  6 00:44Пеп Гвардиола: "Ҳусанов АПЛда ўйнашга тайёр. ЕЧЛда эса плей-оффга чиқиб олишимиз керак"  5

Vitaliy Mutko Rossiya futboli rivojlanishining 2030 yilgacha bo'lgan strategiyasi haqida to'xtaldi Yangiliklar

Vitaliy Mutko Rossiya futboli rivojlanishining 2030 yilgacha bo'lgan strategiyasi haqida to'xtaldi

Teglar :  Vitaliy Mutko
Rossiya bosh-vaziri o'rinbosari, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko mamlakat futboli rivojlanishining 2030 yilgacha bo'lgan strategiyasi borasida nutq so'zladi.

"2030 yilgacha bo'lgan futbolimiz rivojlanish strategiyasiga qo'shimchalar kiritish kerak. Biz ko'plab taklif va tanbehlar qabul qildik. Biz ijro qo'mita yig'ilishini sarhisob qildik. Bu tasdiqlangandan so'ng, hujjat sport vazirligiga kiritilib, vazir qarori bilan tasdiq topishidan so'ng, umummiliy strategiyaga aylanadi. Futbol - ommaviy sport turlaridan biri va barcha loyihalarni davlat qo'llab-quvvatlashisiz amalga oshirish qiyin. Strategiya shunday:

Strategiy tuzilmasi: Futbol holati va muammolarining jiddiy tahlili berildi. Biz erishishimiz kerak bo'lgan maqsad va vazifalar aniqlab olindi. Futbol rivojlanishining asosiy yo'nalishi berildi. Muhokamalar yordamida ustuvor vaziflarni aniqlab oldik. Asosiy maqsadlarimiz - terma jamoa, professional futbol, yoshlar tayyorgarligi, kadrlar bilan taminlash, taminot, ommaviy futbol. Hamma joyda strategiya, rivojlanish yo'li va maqsadlar yozilgan.

Rossiya futbolining so'nggi yillardagi holati yaxshi tomonga o'zgardi. Ko'plab vazifalar bajarildi va rivojlanish uchun katta imkoniyatga egamiz. Yaqin yillar ichida Rossiya futbolda katta kuchga aylanadi - jahon chempionati va Konfederaciyalar kubogi rivojlanish programmasiga suyanish imkonini beradi. Biz 200 dan ortiq obektlarni qurishni rejalashtirganmiz. Buning barchasi mamlakatimiz viloyatlarida qoldiriladi. Yani moddiy va nomoddiy meros bo'ladi. Strategiyada yig'ilib qolgan muammolarga etibor qaratganmiz. Bu futbolga bo'lgan qiziqishning pasayishi. Ko'pchilik hech narsani o'zgartirishni istamaydi. Hammamiz o'zgarishimiz lozim - RFI mamuriyati va futbolga aloqador bo'lgan barcha. Aks holda hech narsa bo'lmaydi. Alohida shaxslar o'z kabinetlarida vafot etishlarini istamayman. Hammaga imkoniyat beriladi, ammo hamma ham bundan foydalanmaydi.

Terma jamoadagi yigitlarga doimo bir gapni qaytaraman: Davlat sport va jamoalarni moliyalashtirga ruhsat beradi. Ammo cheklov bor. Sarmoyalar maosh va agentlik badal puliga sarflanmasligi lozim. Bizga 200 nafar professional futbolchi kerak. Qani ular? Biz hal qilish bo'lgan ko'plab savollar bilan shug'ullanishimiz shart. Biz odamlarni futbolga jalb etishimiz lozim. Odamlar bizning tashkilotchilik imkoniyatlarimizni ko'rishmayapti. Demak, ular RFIda qiziqish borligini payqashmayapti. Agar biz shunday davom etsak, boshqa qo'mita va ligalar paydo bo'lishda davom etadi. Xuddi tungi xokkey ligasi kabi. Bazi o'yinlarni ko'rsang, unga 3-4 ming muxlis tashrif buyuradi. Bu professional futbolmi? Bu havaskorlar o'yini. Strategiyaning muhim qismlari: professional futbol, klublar va terma jamoalar. Yana bir muhim band - sport zaxirasi.

Rivojlanishning muhim yo'nalishlari: Terma jamoada futbolchilar bazasi kengayishi lozim, zaxira tayyorgarligini to'g'irlash kerak. Vazifamiz - aniq selekciya yaratib, yigitlar terma jamoagacha kelishini taminlash. Liga jahon chempionatidan so'ng 18 ta jamoaga etishi mumkin. Legionerlar limiti bo'yicha muhokamalar ko'p. Biz maydonda limitdan voz kechishimiz mumkin. Ammo o'zimizning futbolchilarga bo'lgan talab kuchayadi" - deydi Mutko.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика