So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  0 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  9 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  1 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo'q? Buning uchun sharoitlar yo'q" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo'q? Buning uchun sharoitlar yo'q"

Superliganing 25-turi doirasida "Nasaf" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.




- Ilk navbatda "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular bir necha yillar davomida bu uchun kurashishdi va nihoyat, maqsadiga etdi. "Nasaf"ga OCHLda o'z vazifasini bajarishda omad tilayman. SHu orqali O'zbekiston uchun ochkolar qo'shishlariga tilakdoshman. O'yin yaxshi bo'ldi. "Nasaf" rotaciyalarga qo'l urdi. Ularning OCHLda o'yini bor. SHuningdek, bir qancha futbolchilar termadan etib keldi. SHu boisdan ayrim futbolchilarda hissiyotlar etishmadi. Yakunda ular uchun og'ir mag'lubiyat qayd etildi. Menimcha, adolatli g'alaba qozondik.

- "Neftchi"da yangi nomlar, yani, yoshlarni kashf qilish niyatingiz bormi yoki faqat transferlarga tayanasizmi?

- "Nasaf"ning o'z akademiyasi bor. Ular doimo yaxshi futbolchilar etishtirib chiqarishadi. Klub akademiyasida ukrainaliklar ishlayotganiga 10 yillar bo'ldi. Farg'onada endi-endi bunday darajaga chiqishga harakat qilishmoqda. Bizda ham yoshlar bormi, sharoitlar etarlichami? SHu sababli yoshlar yo'q. Agarda biz shunday maqsad qo'yadigan bo'lsak, bu uchun sharoitlarni kuchaytirish kerak. Moddiy-texnik baza barpo qilish, yoshlar futbolini o'z o'rniga qo'yadigan mutaxassislarni ishga jalb qilish kerak. Qachonki bu tizim ish beradigan bo'lsa, futbolchi U19, U21 jamoalaridan o'tib keladi. Aks holda yoshlarni asosiy jamoada ko'rmaymiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика