So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Vitaliy Levchenko: "Moliyaviy masalalarga javobgar emasman. CHempionlik uchun kurashadigan jamoada barcha mexanizmlar barqaror ishlashi kerak" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Moliyaviy masalalarga javobgar emasman. CHempionlik uchun kurashadigan jamoada barcha mexanizmlar barqaror ishlashi kerak"

Superliga 24-tur doirasidagi "Surxon" - "Neftchi" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Amalga oshirilmagan vaziyatlarga to'la o'yin. Birinchi bo'limdagi imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimizda o'yin boshqacha hisobda yakunlangan bo'lar edi. Juda qulay vaziyatlardan to'pni darvozaga yo'llab qo'ya olmadik. Kurashlarga va pozicion futbolga boy o'yin bo'ldi", - dedi Vitaliy Grigorevich.


- CHempionat tugashiga ikki tur qoldi. "Neftchi"ning sovrindorlar o'rni uchun kurashishiga nima etmadi?

- Biz kurashishda davom etamiz. Hozir, xar bir ochko oltinga teng. Musobaqa jadvalida barchasi o'zgarib ketishi mumkin.

- Mavsum avvalida Farg'ona viloyati hokimi jamoa oldiga chempionlik vazifasini qo'ygandi. Bu haqda rasman elon qilingandi ham. Hozirgi kundagi xabarlarga ko'ra esa, "Neftchi" jamoasida to'rt oydan buyon maoshlar to'lanmayotgan ekan. Moliyaviy qiyinchiliklar, jamoa oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishga qanchalik xalal berdi?

- Yaxshi savol(kuladi). Men bu savolga javob bera olmayman. Sababi men murabbiyman. Men futbolchilarni o'yinga tayyorlashim kerak. Vazifam shu, xolos. Qolgan masalalarga tasir o'tkaza olmayman.

- Unda chempionlikka kurashish uchu nima etishmadi?

- CHempionlik uchun kurashadigan jamoada barchasi SHveycariyada ishlab chiqarilgan soatlari aniq ishlashi kerak. Barchasi stabil bo'lish kerak va aniq mexanizm bo'lishi kerak.

- Jamoangiz hujumda juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Statistika bunga isbot bo'la oladi. Hujumdagi samaradorlik Nsungusiga bog'liq deb o'ylaysizmi?

- Barchasi unga bog'liq demayman, lekin u muhim o'yinchi. Har bir o'yinchining yo'qligi, o'yinimizga tasir o'tkazadi. Bugun biz g'alaba qozonishni istagandik, ammo buni uddalay olmadik.

- Sizga boshqa Superliga jamoalaridan takliflar bor degan fikrlarni eshitdim. Vitaliy Levchenko keyingi mavsumda o'zini qaerda ko'rmoqda?

- Qiziq savollar berar ekansiz(kuladi). Men o'z bajarishda davom etaman, kimdir mening ishimdan qoniqadi, kimdir esa yo'q. Men barchasiga tayyorman. Har bir kursi, qachondir qimirlaydi. Oldinda ikkita o'yin qoldi, keyin tanaffus bo'ladi. Maqsadimiz chempionatni yaxshi notada tugatish. Biz kelajakka optimistik nazarlar bilan qaraymiz. Maydonga chiqib, g'alaba qozonishimiz kerak.

- "Andijon" klubi sizga qiziqish bildirayotgani haqida nimalar deya olasiz? Siz CHempionlar ligasida "Istiqlol" bilan ajoyib natijaga erishgan murabbiysiz-ku.

- "Istiqlol"ni nazarda tutayapsizmi? Ular ham menga qiziqish bildirayotgan ekanmi? Har bir murabbiy o'z ambiciyalariga ega. Hamma xalqaro maydonda ishtirok etishni istaydi. Men "Neftchi" bilan OCHLga chiqishni istardim, ammo buni uddalay olmadik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика