Visente Del Boske: "Ispaniya terma jamoasi eshigi barcha uchun ochiq"
13 fev 2014 16:32
Yangiliklar


Visente Del Boske: "Ispaniya terma jamoasi eshigi barcha uchun ochiq"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske JCH-2014dan oldin barcha nomzodlarni kuzatayotganini malum qildi.
– Mundialga borishi mumkin bo'lgan futbolchilarni soni juda ko'p, – deydi Del Boske Marca nashriga. – Ha, jamoa o'zagi aniq, lekin yangi futbolchilar qo'shilishi mumkin. Malumot to'plashda davom etamiz. Kim qanday formada ekanini bilamiz. Agar qaysidir futbolchi hozir termadan chaqiruv olmasa bu uning mundialga bormaydi degani emas.

Fikrlar