So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  0 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  2 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  4 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  59 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Viktor Picurke: "Jeparovni juda yaxshi bilamiz" Yangiliklar

Viktor Picurke: "Jeparovni juda yaxshi bilamiz"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Viktor Picurke va hujumchi Muxtor Fallatah qatnashdi.

“Ertaga guruh bosqichining ilk uchrashuvi bo'ladi. Natija juda ham muhim. Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. “Lokomtiv” to'p uzatishda juda ham yaxshi o'ynay oladigan va agressiv harakat qila oladigan jamoa hisoblanadi. Bu erga g'alaba qozonish va chiroyli o'yin ko'rsatish uchun kelganmiz. Albatta raqib ham aynan shuning uchun maydonga tushadi. Lekin umid qilamanki “Al Ittihod” Saudiya Arabistoniga g'alaba bilan qaytadi”, - deydi Viktor Picurke.

“Ertaga juda ham qiyin o'yin bo'ladi, kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. CHunki bu guruh bosqichining ilk uchrashuvi. “Lokomotiv” kuchli bo'lishiga qaramay biz bahsga to'liq tayyormiz. Umid qilamanki barcha yigitlar o'yinga tayyor. Murabbiyimiz raqibni yaxshi o'rganib chiqdi. Biz raqibning kuchli va kuchiz tomonlarini yaxshi bilamiz”, - deydi Muxtor Fallatah.


- O'zbekistonda hali mavsum boshlangani yo'q. “Lokomotiv”ning rasmiy o'yin o'tkazmagani sizlarga ustunlik beradimi?
- Jamoa o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazgan. Lekin rasmiy o'yin bilan o'rtoqlik uchrashuvining farqi bor. SHu bois albatta bu bizga ustunlik beradi. Mavsum davomida ko'plab rasmiy o'yinlarda maydonga tushayotganimiz bizga yordam beradi deb o'ylayman.

- “Al Ittihod” OCHLda ikki marta chempion bo'lgani ertaga jamoaga yordam beradimi?
- “Al Ittihod” Osiyo chempionlar ligasida juda katta tajribaga ega bo'lgan jamoa. “Lokomotiv”da xalqaro tajriba u qadar katta bo'lmasa ham tarkibida juda kuchli va tajribali futbolchilar ko'p. Ertaga kim to'g'ri harakat qilsa va xatolarsiz o'ynasa o'sha jamoa kerakli natijaga erishadi.

- “Lokomotiv”ni juda yaxshi o'rgandik dedingiz. Qaysi o'yinlar orqali jamoani o'rgandingiz.
- Jamoaning ko'plab o'yinlarini ko'rdim. O'tgan yilgi O'zbekiston chempionati va OCHL o'yinlarini tomosha qildik.

- “Lokomotiv” safini bir qator o'yinchilar tark etishdi. Yangi futbolchilar ham kelishdi. Ularni o'rgandingizmi?

- Jeparov va Maxaradze kabi futbolchilar kelishdi. Kaxini bilamiz gruziyalik futbolchi. Markaziy yarim himoyada o'ynaydi. Jeparov esa jarima to'plarini ajoyib tarzda amalga oshira oladi. Texnikasi juda kuchli.


Muxtor Fallatah: - Men “Al SHabab”da Jeparov bilan birga o'ynaganman. U juda ham kuchli futbolchi. Osiyoda ikki marta eng yaxshi futbolchi bo'lgan. Server bilan juda yaxshi munosabatlarimiz saqlanib qolgan.

- O'tgan yil Muhammad Nur va Hamad Al Montashari hamda murabbiy o'rtasida muammo kelib chiqqandi. Hozir barchasi joyiga tushib ketdimi?
- Futbolchilar bilan o'rtamizda hech qanday muammo bo'lmagan.

- OCHL taqvimida o'zgarish bo'ldi. Bir jamoa ketma ket ikki marta o'ynaydi. Bunga murabbiy sifatida qanday munosabatdasiz?
- Bu o'zgarish bizga hech qanday tasir qilmaydi. Muammo yo'q. Barcha jamoalar uchun taqvim o'zgargan. SHu bois hech qanday noliydigan holat yo'q.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика