Rasman: "Dinamo" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi!
25 fev 14:55
Yangiliklar


Rasman: "Dinamo" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi!
"Dinamo" klubi 2025 yilgi futbol mavsumi oldidan o'z tarkibiga yana bir legionerni qo'shib oldi.
Samarqand klubi nigeriyalik hujumchi Richard Fraydey bilan bir yillik shartnoma imzolanganini malum qiladi. U 27 fevral kunidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig'iniga qo'shiladi.
25 yoshli futbolchi o'tgan mavsumlarni Shveciyaning "GAIS" klubida o'tkazib, jami 44 o'yinda 10ta golga mualliflik qilgan.
Shuningdek, Richard 2019 - 2021 yillarda Latviyaning "Liepaya" va "Spartak Yurmala" klublari sharafini himoya qilgan.
"Ishonamizki, Richard "Dinamo"dagi o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oladi.
Welcome to Dinamo, Richard Emeka Friday!", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar