Venesuela bosh murabbiyi: "Janubiy Amerika mamlakatlariga omad tilayman"
30 sen 02:01
Yangiliklar
Venesuela bosh murabbiyi: "Janubiy Amerika mamlakatlariga omad tilayman"
"Bugun g'alati o'yin o'tkazdik. Bellashuvga Ispaniyaga qarshi o'yindagi singari rejalar ishlab chiqqandik. Birinchi bo'limda raqib tezkor hujumlar tashkil etdi va osonlik bilan darvozamizni ko'p bora ishg'ol qildi. SHunga qaramay, ilk taymda tengma-teng kurashdik, biroq keyinchalik nazoratni butkul boy berdik.
Nima bo'lganda ham turnirdagi taassurotlarimiz ijobiy. CHorak finalga qadar etib keldik va kelgusida bundan-da yaxshiroq natijalarga erishishimiz mumkinligini namoyon etdik. Endilikda rivojlanishda davom etamiz.
Ushbu mundialda Janubiy Amerika jamoalari qoyilmaqom tarzda ishtirok etmoqda. Paragvay, Braziliya va Argentinaga omad tilayman, biz uchun ham yaxshi turnir bo'ldi", dedi Romero.
Eslatib o'tamiz, Venesuela terma jamoasi O'zbekistondagi jahon chempionatida o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar