Kroos JCH-2026 formatiga qarshi chiqdi: "5:0 yoki 6:0 hisobidagi g'alabalarni emas, sifatli o'yinlarni ko'rishni istayman"

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026, 13:30
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Toni Kroos Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 tagacha oshirilganiga salbiy munosabat bildirdi.

"Bir tomondan qaraganda, ko'plab terma jamoalar mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega chiqadi - bu yaxshi. Ammo bunday formatda ko'plab o'tkinchi o'yinlar va yirik hisobdagi g'alabalar bo'ladi. Bu Jahon chempionatida ko'rishni istaydigan narsa emas. Boshlanishida yana bir qo'shimcha saralash bosqichi guvohi bo'lamiz. Men 5:0 yoki 6:0 hisobidagi g'alabalarni emas, sifatli o'yinlarni ko'rishni xohlayman. Bu menga yoqmaydi. O'yinlar soni ko'paygani sabab futbolchilar juda charchab qoladi. Natijada daraja pasayadi", – dedi Kroos.

JCH-2026 yoz oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS