FIFA JCH-2026 chiptalariga bo'lgan talab bo'yicha rekord o'rnatilganini malum qildi
29 dek 2025 18:51
Yangiliklar
FIFA JCH-2026 chiptalariga bo'lgan talab bo'yicha rekord o'rnatilganini malum qildi
FIFA prezidenti Janni Infantinoning aytishicha, Jahon chempionati guruh bosqichi o'yinlariga chiptalar uchun berilgan arizalar soni bo'yicha rekord yangilandi.
"Atigi 15 kun ichida butun dunyo bo'ylab JCH chiptalarini sotib olish uchun 150 millionta ariza qabul qildik. Oldindan sotuvga tayyorgarlik davomida har kuni o'rtacha 10 millionta so'rov qayd etildi. Eng faol davlatlar esa AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniya bo'ldi", – dedi Infantino.
JCH-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada o'tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa, jumladan, O'zbekiston ham ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar