Van Gaal: “De Yong uchun jahon chempionati yakunlandi deb qo'rqaman”
30 iyu 2014 15:43
Yangiliklar
Van Gaal: “De Yong uchun jahon chempionati yakunlandi deb qo'rqaman”
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui Van Gaal Meksikaga qarshi uchrashuvda nega Nayjel de Yongni almashtirgani haqida gapirib berdi.
“De Yong mushagini tortib olgan edi, shuning uchun men uni almashtirdim. Bu jiddiy jarohat. Uning uchun jahon chempionati yakunlandi deb qo'rqaman. Keyingi uchrashuvga u tayyor bo'lishi qiyin. De Yong – jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri, shu sababli bu jamoamizga tasir qilishi mumkin” – deydi Van Gaal.
Fikrlar