Vadim Abramov: "Lokomotiv" bilan mashg'ulot o'tkazishni boshladim"
13 fev 2014 16:02
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Lokomotiv" bilan mashg'ulot o'tkazishni boshladim"
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubiga Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berdik.
Kecha bu haqda saytimizda xabar chiqqanidan so'ng Abramovning o'zi bilan bog'lanib gaplashganimizda buni birinchi marta sizlardan eshitib turibman deb aytgandi.
Bugun rasmiy xabardan so'ng yana Vadim Karlenovich bilan gaplashdik: "Ha, chindan ham "Lokomotiv"ga qaytdim. Kecha sizlarga bunday javob berganimni sababi rasmiy xabar bo'lishini kutgandim. Sizlardan biron nimani yashirib bo'lmaydi (kuladi). Ayni paytda jamoadagi birinchi mashg'ulotni olib borayapman. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmasligini aytishim mumkin. Oliy liga boshlanishiga 1 oycha vaqtimiz bor. Unga qadar tayyorgarlikni kuchaytiramiz", - deydi "temiryo'lchilar"ning yangi bosh murabbiyi.

Fikrlar