So’nggi yangiliklar

16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  6 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9

Vadim Abramov: "Juda yomon o'yin namoyish etdik. Muxlislardan uzr so'rayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Juda yomon o'yin namoyish etdik. Muxlislardan uzr so'rayman"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin xuddi ob-havo kabi bo'ldi. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. Ular shunday ob-havoda bizni qo'llab-quvvatlashdi. Biz esa juda yomon o'yin namoyish etdik. Raqibga etarlicha tayyorgarlik ko'ra oldik. "Buxoro"ni bir ochko bilan tabriklayman. Futbolchilarga esa etirozlarim bor", - dedi Vadim Abramov bugungi bahs haqida.


- "Dinamo" joriy mavsumda kam gol o'tkazib yuborayotgan edi, ammo bugun jamoa o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi. Himoya chizig'ining o'yiniga qanday baho berasiz?

- O'yin shunday tus oldi. Biz juda noto'g'ri o'ynadik. Tanaffusda raqib hujum qilmayotgani va pressing ham qilmayotganini aytgan edim. Raqib esa faqatgina bitta xato to'p uzatishni kutayotgan edi va qarshi hujumlar orqali vaziyatlarga ega bo'lmoqchi edi. "Buxoro" standart vaziyatlarga tayanishini ham bilar edik. Shunday ham bo'ldi. Biz ikkita golimizni ham standart vaziyatdan o'tkazib yubordik. Butun jamoa noto'g'ri o'ynadi. Ustiga-ustak bunday kutilmagan ob-havo.



- Futbolchilar bugun raqibga etarlicha baho berishmadi dedingiz. Bunga sabab "Buxoro"ning mag'lubiyatli seriyasimidi?

- Albatta. Raqib jamoa bundan avvalgi o'yinda 0:6 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng shunday fikrlar uyg'onishi aniq. Men o'yinni stadiondan kuzatgan edim va hisob maydondagi o'yinga mos emas edi. Shu fikrlarni futbolchilarga etkazishga harakat qildim. Oson bo'lmasligini aytdim. Mening ko'rsatmalarim etarli bo'lmagan ekan. Afsuski, o'yin vaqti bir narsani o'zgartirish juda qiyin. Mag'lub bo'lmaganimizga ham shukr.

- "Buxoro" hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng vaqtni cho'za boshladi. Ushbu jihat jamoangizga qanchalik tasir qildi?

- Men ushbu masala bo'yicha hakamlar bilan gaplashdim. Hakamlar ikkinchi bo'limga bor-yo'g'i 6 daqiqa vaqt qo'shib berishdi. Hakamlar menga sekundomer orqali barchasini hisoblashganini aytishdi. Futbolimizda vaqt cho'zish masalasi bo'yicha hakamlar bilan gaplashganman. Agar futbolchi vaqt cho'zsa, unga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak. Futbolchi tibbiy yordam uchun maydondan tashqariga chiqsa, uni taxminan besh daqiqa davomida o'yinga qo'shilishga ruxsat berilmasligi kerak. Shunday jazolar orqali ushbu muammolarga qarshi kurashsa bo'ladi deb o'ylayman. Muxlislar futbol ko'rish uchun uzoq yo'lni bosib o'tishadi-ku axir.

- Bugungi uchrashuvga terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze tashrif buyurgan ekan. Sizga terma jamoa bosh murabbiyi "Dinamo"ning qaysi futbolchilarini kuzatib borayotgani haqida xabar berishdimi?

- Ushbu xabarni sizdan eshityapman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика