Urugvay JCHga chiqadigan bo'lsa, Suares "Atletiko"da qolmoqchi
30 jan 2022 18:50
Yangiliklar
Urugvay JCHga chiqadigan bo'lsa, Suares "Atletiko"da qolmoqchi
"Atletiko" hujumchisi Luis Suaresning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
"Marca" xabariga ko'ra, u borasidagi yakuniy qaror yozda chiqariladi. Suaresning o'zi esa agarda termasi JCH-2022ga chiqsa, klubi bilan kelishuvini yana bir yilga uzaytirishni istamoqda. "Atletiko" esa uning mavsum yakuniga qadar o'yinlari va jismoniy holatiga etibor berishni niyat qilgan.
Ushbu mavsumda 35 yoshli futbolchi LaLiganing 20 o'yinida qatnashib, 7 gol urdi.
Fikrlar