"Manchester Siti" o'z tarkibini "Real" xavbeki bilan kuchaytirmoqchi
08 mar 23:23
Yangiliklar


"Manchester Siti" o'z tarkibini "Real" xavbeki bilan kuchaytirmoqchi
"Manchester Siti" "Real"ning franciyalik xavbeki Eduardo Kamavingani yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida yarim himoyani kuchaytirish bo'yicha asosiy maqsad sifatida belgilab oldi.
Qayd etilishicha, "Real" o'z futbolchisi bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor. Uning boshlang'ich bahosi 60-70 million evroga baholanmoqda. Ingliz grandi bosslari Kamavingani qo'lga kiritish uchun bunday xarajatlarga borishi mumkin.
Eduardo Kamavinga joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar