So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Vitaliy Levchenko: "Chempionatning birinchi o'yini bo'lgani uchun dastlabki daqiqalarda jamoamda sarosima va hayajon kuzatildi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Chempionatning birinchi o'yini bo'lgani uchun dastlabki daqiqalarda jamoamda sarosima va hayajon kuzatildi"

"Neftchi" jamoasi Superliganing 1-turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi (2:2).

Gollarga boy o'tgan o'yindan so'ng farg'onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirdi.


"Birinchi navbatda barchani chempionat boshlangani va 8 mart xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi o'yin edi. Shu bois dastlabki daqiqalarda biroz sarosima kuzatildi. Bu tabiiy holat. Keyingi daqiqalarda o'yinda muvozanat qila oldik, umuman ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. O'ylaymanki, bugungi o'yin stadionga tashrif buyurgan muxlislarga manzur keldi. Tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi

"Neftchi" bugun g'alaba qozonishi kerak edi, lekin "Bunyodkor" tarkibida ham o'zgarishlar bo'lganini, sifatli futbolchilarni qo'shib olganini aytishimiz mumkin. Chempionat endi boshlandi. Ikkinchi golni urganimizdan so'ng ortga chekindik, raqibga imkoniyat berib qo'ydik. Ular ustunlikka ega chiqishdi. Futbolchi g'alaba qozonayotganida albatta natija uchun harakat qiladi, bu ruhiyat bilan bog'liq. Hisobda oldinda bo'lgan vaziyatimizda o'z o'yinimizni ko'rsatishda davom etishimiz kerak edi. Nazariy mashg'ulotlarda buni ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Futbolchilar o'yin ritmini ushlab olishi kerak. Rasmiy o'yin va norasmiy o'yinning farqi katta. Futbolchilar bir-birini tushunib boryapti, bu o'yindan-o'yinga yaxshilanadi",- deydi Vitaliy Levchenko. 

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика