So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Nikola Lazarevich: Vaziyatlardan unumli foydalanib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik Yangiliklar

Nikola Lazarevich: Vaziyatlardan unumli foydalanib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik

Teglar :  Nikola Lazarevich
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Shiddatli va murosasiz bellashuv uchun raqibmiz «Surxon»ga minnatdorchilik bildiraman. Yangi mavsumga qura tashlangandayoq raqibimizning o'yinini o'rgana boshladik. «Surxon» ham biz singari Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va yig'in davomida yuqori saviyadagi jamoalar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi. Raqib yaxshi shakllangan, tarkibning asosiy qismi bir necha yillardan buyon bir jamoa sifatida to'p tepib kelmoqda. Ular maydonda bir-birlarini juda yaxshi tushunishadi. Bizda esa bu yil tarkibning o'zagi qaytadan shakllantirildi. Shu sabab og'ir uchrashuv bo'lishini bilardik. Tayyorgarlikni shunga mos ravishda olib bordik. O'yinda tashabbusni o'z qo'limizda saqlab turishga intildik. Gol urilgach raqibning hujumlarini bartaraf etib, qarshi hujumda o'z imkoniyatlarimizdan samarali foydalanishni istagandik. Amalda bu rejamiz ish berdi. Shu sababli yana gol urib, g'alabani o'zimiz tomonga og'dirib oldik. Umuman olganda o'yinda har ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Faqat biz bu imkoniyatdan foydalandik. Bugungi o'yin tarixga aylandi. Ertadan keyingi raqibga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz. Xatolarimizni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz.

- O'yin oxirlarida maydonda ikkita nominal hujumchi Papariga va Lobjanidze harakat qila boshladi. Jamoa o'yinni bitta asosiy hujumchi bilan boshlagandi. Ikki hujumchini o'ynatishdan maqsad nima edi?

- Lobjanidze maydonga tushgach, Papariga hujumkor yarim himoyachi pozisiyasiga o'tdi. Taktik rejamizga biroz o'zgartirish kiritishga qaror qilgandik.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика