

Biroq birinchi davra o'rtasidan so'ng unga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Navoiyliklar uning qo'l ostida Superligada 11 ta o'yinda 6 mag'lubiyat, 3 g'alaba, 2 durang qayd etdi va 11 ochko to'pladi.
Klub esa bungacha "Qizilqum" U-21 jamoasida ishlab kelayotgan Akmal Rustamovga ishonch bildirdi. "Oltin izlovchilar" Rustamov bilan birga Superligada 7 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. E'tiborli jihati, jamoa bu davrda mag'lubiyatga uchragani yo'q, 5 durang, 2 g'alaba va 11 ochko jamg'ardi. Yani unga serbiyalik hamkasbining natijasini takrorlash uchun 7 ta o'yin etarli bo'ldi.
"Qizilqum" keyingi uchrashuvni 18 avgust kuni mehmonda "Xorazm"ga qarshi o'tkazadi.



