"Qizilqum"ni endi kim boshqaradi?

Iskandarov Abdulaziz
9 iyun 2025, 17:35
Xabaringiz bor, "Qizilqum"ning serbiyalik murabbiyi Nikola Lazarevich klub bilan xayrlashgan edi.

Jamoani navbatdagi uchrashuvlarda kim boshqarishi ma'lum bo'ldi. Klub bu haqda Ligaga ma'lum qildi. Ma'lumotda aytilishicha, bosh murabbiy Nikola Lazarevich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi murabbiyning sog'lig'i yomonlashgani sababli tomonlar kelishuviga ko'ra bekor qilingan. Shundan kelib chiqib, U-21 jamoasi murabbiyi Akmal Rustamov asosiy jamoaning vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати